
Полная версия
28 Nakshatra haqida
Noqulay faoliyatlar
To‘y – oila qurish Pushya nakshatrasi ostida deyarli yagona noquLay faoliyat hisoblanadi.
Pushyaning boshqaruvchi sayyoralar va ularning ta’siri
Pushya nakshatrasi Oy va Saturn kabi sayyoralar ta’sirida bo‘ladi. Asosiy boshqaruvchi sayyorasi Saturn hisoblanadi. Pushyani boshqa nakshatralarni boshqaruvchilari bilan solishtirganda, yana ko‘proq kutilmagan va murakkab hodisalarni taqdim etadi. Saturnning ta’siri Saturn Pushya bilan bog‘lanishi uning yashirin tomonlarini ochib beradi – yerga yaqin tarbiya va mehnatsevar xizmat ko‘rsatish qobiliyati. Saturn saqlash, qat’iyat va cheklash orqali tarbiyalaydi. U Pushyaga qat’iyatlilik va sabr-toqatni beradi. Oyning ta’sirida Oy hissiyotlarni ifodalaydi va barqarorlikni ta’minlaydi. Pushya hissiy barqarorlikni o‘zida mujassamlashtirgan. Oy aqlni, Saturn esa moddani ifodalaydi, shuning uchun Pushya aqlni modda bilan bog‘laydigan yulduzlar to'plamiga aylangan.
Yupiterning roli
Pushyani boshqaruvchi Xudosi bo'lgan Yupiterni tenglashtiruvchi sifatida ko‘rish muhimdir. Oy va Saturn energiyalarining birlashishi melankoliya va depressiyani keltirib chiqaradi. Ammo Yupiterning kuchli energiyasi Pushyani yaxshi muvozanatlangan nakshatraga aylantiradi.
Salbiy jihatlar
Yupiter energiyasi ba’zan dogmatizm, sirtqichlik va fanatizmda namoyon bo‘lishi mumkin. Yuqori xoldagi Oy, Saturn va Yupiterning birlashishi idialistik dunyoni shakllantirishga ta’sir ko‘rsatadi, bu ba’zida real hayotdan uzoqlashishga olib keladi.
Ijobiy tomonlari
Saturn ommaviy rejalashtiruvchi sifatida, Oy bilan birgalikda Pushyani ommaviy yo‘naladigan yulduzga aylantiradi. Oy va Saturn mentalitet va qadriyatlarini qo‘llab -quvvatlaydilar, va ideal tsivilizatsiyalashgan jamiyatni rivojlantirishga yordam beradilar. Pushyada yaxshi joylashgan Oy, Yupiter, Quyosh, Venera va Saturn ajoyib natijalar beradilar.
Salbiy tomonlari
Merkuriy, Mars, Rahu va Ketu Pushya nakshatrada yaxshi natijalar bermaydi. Oy va Saturn o‘zining salbiy tomonlarida xalq ommasini qorong‘ilik va korrupsiya kuchlari hukmron bo‘lgan paytlarda tortish kabeliga aylantirishi mumkin. Oy, Saturn va Yupiterning goroskopdagi birlashuvi Pushyaning energiyasiga o‘xshash kuchlarni olib keladi. Pushya nativlari ko‘pincha kuchli hissiy barqarorlik, aql va qat’iyatlilik bilan moddiy dunyoni uyg‘unlashtirish qobiliyatiga ega bo‘ladi.
Harflar va tovushlar birinchi pada “Hoo” ikkinchi pada “He” uchinchi pada “Ho” to‘rtinchi pada “Dar” Sanskrit tilida Pushya boshlang‘ich silog‘i “Ka” tovushiga mos keladi, shuning uchun uning mantra-si «Om Kam» hisoblanadi.
Jinsiy tur va moslik
Pushyaning jinsiy hayvoni echki hisoblanadi. Echki jinsiylik ramzi sifatida ko‘rilmasa-da, Pushya turli xil his-tuyg‘ular va jinsiy harakatlar bo‘yicha katta tajribaga egadir. Uni jinsiyligi ko‘proq intensiv va o‘yinchoq bo‘lmagan xususiyatga ega.
Ezoterik ma’no
Brihaspati, Xudolarning ruhoni, mantra va barcha turdagi ibodatlar, masalan, Yagya va boshqalar bilan bog‘liq. U ichki hayotning suvLariga aloqador bo‘lib, ruhni oziqlantiradi. Pushyaning ruhiy hayoti yuqori emotsionl yetuklik darajasi bilan bog‘liq. Uning emotsional kuchi kuchli nutqlar orqali tashqi ifodasini topadi. Pushya nakshatrasi tomonidan yaratilgan so‘zlar ma’lum bir ruhiy energiyani olib keladi, bu odatda boshqalarga yuqori darajada ta’sir qiladi. Qadimgi vedik afsonaga ko'ra Kamadhenu xohishlarni bajaruvchi sigir, Pushya haqida uning faoliyatining barcha darajalarida ko'p narsalarni ochib beradi. Afsonaga ko'ra Vashishta ismli donishmandning Kamadhenu ismli sigiri bor edi. Bir kuni shoh o‘zining yuzta akasi bilan o‘rmonda ov qiLar edi. U Vashishtaning uyiga yaqinLashganda, tasodifan bu ajoyib sigirni ko‘rdi, u har qanday xohlaganingizni beradi. U darhol bu sigirni o‘ziga olishni xohladi va o‘z askarlariga uni olib kelishni buyurdi. Askarlar sigirni joyidan ham siljitishga qodir bo‘lmadi va bo‘sh qo‘llar bilan qaytishdi. Shunda shoh sigirni o‘z qo‘shini va barcha akalari bilan olib kelishga qaror qildi. Kamadhenu shu vaqt ichida o‘z egasiga qaytdi.

Varahamihira ma'lumotlariga ko'ra, Pushya oyida tug'ilganlar «baxtli, va donolikka ega, boy, axloqli va tinch xarakterga ega» bo'lishadi.

9 chi Nakshatra (Yulduz) ASHLESHA

Osmonda joylashuvi
16°40' Qisqichbaqa -30°00' Qisqichbaqa AshLesha Merkuriy energiyasining elchisidir, Gidra yulduzLar to‘plamida joylashgan. Zamonaviy astronomiyada u Epsilon-Hydrae, Delta-Hydrae, Mu-Hydrae, Rho- Hydrae, Sigma-Hydrae va Zeta-Hydrae deb ataladigan yulduzlar halqasi sifatida kechki vaqtda osmonda namoyon bo‘ladi. Ushbu yulduzlar juda yorqin emas, orasida yorqini Zeta – Hydrae bo‘lib, uning magnitudasi 3,12 lekin ifloslanmagan qorong‘i osmonda yaxshi ko‘rinadi.

Yo‘nalish
Ashlesha shimoliy-g‘arbiy yo‘nalish bilan bog‘liq bo‘lsa-da, barcha ilon energiyalari kabi, u janubi- g‘arbda ham kuchli ta’sirga ega.
Ashlesha – Ijtimoiy guruh (kasta)
AshLesha eng past kastaga tegishli hisoblanadi. Eng past darajadagi Ashlesha jamoasiga qaroqchilar, aldovchilar, zulm qiluvchiLar, ekspluatatorlar va shunga o‘xshash tahdidlar ko‘rinishida ta’sir qiladi. Yuqori darajada esa, bu dunyoviy hayotdan voz kechib, ma’rifat izlaydigan yogilar shaklida namoyon bo‘ladi. Ikkala holat ham madaniy jamiyatning ijtimoiy tuzilmasiga mos kelmaydi.
Jins
Ashlesha ayol nakshatra hisoblanadi. Qadimgi vedik yozuvlariga ko‘ra, Ashlesha bilan bog‘liq intuitsiya va sezgirlik kabi sifatlar ko‘proq ayollarga xosdir. Shuningdek, Ashlesha ta’sirida tug‘ilgan erkaklar ko‘proq ayol xususiyatlariga ega bo‘lishi mumkin.
Gotra (Koinot nasl-nasabi)
Ashlesha galaktikamizga g‘amxo‘rlik qiluvchi yetti osmon donishmandlaridan biri bo‘lgan Vashishta donishmandi bilan bog‘liq. Veda ma’lumotLariga ko‘ra, aksariyat ilon Xudolari turli xazinlarning saqlovchilari sifatida tasvirlangan. Shunday qilib, Vashishta Ashleshada hukmronlik qiluvchi yuqori kuch hisoblanadi.
Nomlanishi
AshLesha so‘zi odatda ilon tasviri bilan bog‘lanadi va “halqa ichiga o‘ralish”, “o‘rash”, “qoplash” yoki “o‘rash” ma’noLarini anglatadi. Aynan shu atamalar uning xususiyatlari va faoliyat tabiatini belgilaydi. Nomi ham ehtimol ilon podshosi yoki Xudosi “Sheshi”dan olingan.
Ramzi
“halqa ichiga o‘ralgan ilon”. Bu tasvir qadimiy tsivilizatsiyaLarda ham uchraydi. Madaniyatlarda ilon yashirin, dahshatli, hiyla-nayrangkor, sovuq qonli, yolg‘onchi va samimiy bo‘lmagan zaharli mavjudot sifatida ko‘riladi. Bu salbiy sifatlarning barchasi Ashlesha tabiatida o‘z aksini topadi.
Ijobiy tomondan esa,
iLonlar yarim ilohiy mavjudot sifatida boshqa olamlarga kirish huquqiga ega deb hisoblanadi. Ular kuchli intuitsiya, sezgi, donolik, hiyla, diqqat va jinsiylikka ega bo‘lishadi. Agar Ashlesha yuqori darajada harakat qiLsa, ushbu barcha ijobiy sifatlarni aks ettiradi. Ammo bugungi kunda uning salbiy tomonLari ko‘proq namoyon bo‘ladi.
Ilmiy nuqtai nazardan,
Zamonaviy miya tadqiqotchiLari AshLeshaning eng qadimiy qismini aniqLashga muvaffaq bo‘lishdi. Bu qism “R” kompleksi deb ataLib, “R” – “reptiLiya” degan ma’noni anglatadi. Shunday qilib, reptiliya, ilon va insonning ushbu xususiyatlari o‘rtasida haqiqiy bog‘lanish mavjud. Qiziqarli jihati shundaki, DNK ya’ni genetik kodimizning asosiy qurilish bloki, spiral (ilon) shaklga ega. Shu sababli, Ashlesha ko‘p umumiy genetik merosga ega bo‘lib, avvalgi hayotlardan kelgan karma va hozirgi hayotimizda o‘zgarishlar qilishga ruxsat berilgan sohalar bilan bog‘liqdir.
Ashleshaning boshqaruvchi Xudosi.
Ashlesha taxminan osmon ilonlar podshohligini boshqaradi. Vedik mifologiyada Naga (yarim ilon) va boshqa ilon turlari barcha mavjudlik sohalarida keng tarqalgan. Ba’zi afsonalarda bu mavjudotlar yerda, ko‘llarda, daryolarda yoki okean tubida yashaydi. Sir, Ashleshaning asosiy atributlaridan biri bo‘lib, bu mavjudotlarning barchasi sirli ekanligi ajablanarli emas. Biroq, afsonalar ilon mavjudotlari dunyo tuzilishining to‘g‘ri ishlashi uchun zarur ekanligini tushuntiradi. Vishnu doimo yerda ilon-nazoratchi Shesha sifatida vujudga keladi. Vishnu Rama sifatida vujudga kelganda, Shesha Lakshmana sifatida paydo bo‘ladi. Qiziq tomoni shundaki, Lakshmana Ashlesha nakshatrasi bilan ascendentda tug‘ilgan va uning xarakteri Ashleshaning ko‘plab xususiyatlarini aks ettiradi. Biroq, ilonning salbiy xususiyatlari, inson tabiatining pastki salbiy bo'lgan jihatlari kabi bilim, donishmandlik va tushunishlik yordamida bo‘ysunishi va yengiLishi kerak. Masalan, Krishnani o'Ldirishni ko'plab ilon Kalya boshqargan, shuningdek, yunon mifologiyasida Gerkules Delfi iloni tomonidan oldirilgan. Yana bir nakshatra bor, ilon energiyasi bilan bog‘liq -bu Uttara Bhadrapada. Odatda u ilon energiyasining yuqori, nozik jihatlarini aks ettiradi, Ashlesha esa ilon tabiatining dastlabki va instinktiv qismini ifodalaydi.
Tabiat va Xarakter
Ashlesha bilan bog‘liq so‘zlar (ingliz tilida barchasi “D” harfi bilan boshlanadi), Ashlesha alifbosida ishlatiladigan “Da”, “Di”, “Do” tovushlariga mos keladi. Ular quyidagilarni ifodalaydi: “Demon” (iblis), “Darkness” (qorong‘ulik), “Decay” (buzilish), “Devour” (yutish), “Danger” (xavf), “Deceit” (aldov), “Dread” (qo‘rqoq), “Dagger” (pichoq), “Death” (o‘lim), “Defect” (xato), “Despair” (umidsizlik), “Despotism” (despotizm), “Destruction” (halok bo‘lish). so‘zlari Ashlesha tabiatining xulosasini beradi. Bu so‘zlar o‘zlari uchun gapiradi. Albatta, bu Ashleshani yaxshi ko‘rsatmaydi, lek uning dunyoviy darajada boshqacha ishlashi juda qiyin. Ashlesha energiyasi, ehtimol, barcha nakshatralar ichida boshqarish va munosabatlarda eng murakkabidir, ayniqsa bugungi davrda. Hatto qadimiy olimlar va donishmandlar bu nakshatra haqida juda kam ijobiy fikr bildirganlar. Ularning aldovlari o‘rtacha darajadan yuqori. sezgirlikka ega bo‘lgan har kimga aniq ko‘rinadi. Ashlesha sifatlarini doimiy shubha, ishonchsizlikdan osongina aniqlash mumkin. Bezovtalik va imkon qadar ehtiyotkorlik ularga doimo ergashadi.
Tashqi ko‘rinish va xarakter
Ashlesha ko‘tarilganida tug‘ilganlar to‘rtburchak yuzga, to‘g‘ri va ingichka lablarga, kichik ko‘zchalar va shubhali qarashlarga ega bo‘ladi. Ularning terisi rangsiz bo‘lishi mumkin. Jozibali ko‘rinmasliklariga qaramay, bu nakshatra ostida tug‘ilganlar odatda jinsiy jihatdan jozibador tanaga egadirlar. Ularning harakatlari ilonlarning harakatlariga o‘xshaydi. Ular asosan o‘z harakatlarini boshqalarda jinsiy xoxish- istak uyg‘otishini yaxshi anglaydilar. Boshqalarga yoqish uchun xarakatlarida muloyimlikni vosita sifatida ishlatadilar, ammo bunday kayfiyat uzoq davom etmaydi. Maqsadlariga erishgach, darhol sovuq va rahmsiz bo‘lib qoladilar. Ular doimo intriga va fitnalar bilan shug‘ullanadilar.
Ashleshani Ijobiy va salbiy xususiyatlari
Ashleshada tug‘ilganlarning shubhalari ularni yaxshi kuzatuvchilarga aylantiradi. Bunday kuzatuvchanlik ko‘pincha kuchli intuitsiya bilan birlashadi. Ularning intuitsiyasi va aqliy qobiliyatlari, ayniqsa turli xavf mavjud bo‘lgan vaziyatlarda eng yaxshi namoyon bo‘ladi. Bunday odamlar xavfni darhol his qilib, tezda javob qaytarishadi. Ular o‘z yaqinlarini himoya qilishadi va yovuz niyatli odamlar bilan eng shafqatsiz usulda kurashadilar. Moliyaviy ishlarida juda ham tejamkor bo‘lib, hech narsani bekor sarflashmaydi. Ular ochlikka chidashmaydi, bar – restoranlarda o‘zlarini uyda kabi his qilishadi. Ashlesha yulduzi tejamkorligi jihatidan zodiakdagi eng tejamkor belgilar qatoriga kiradi.
Salbiy tomonlari
Ularning shubhalari salbiy tomonga o‘tib, paroniyaga aylanishi mumkin. Eng og‘ir holatlarda bu paranoid shizofreniyaga olib keladi. Ashlesha yulduzi bilan tug‘ilganlar o‘z sezgirliklarini boshqalarni ekspluatatsiya qilish uchun ishlatishga moyil bo‘lishadi. Ularning shubhalari jamiyatda qo‘rquv va ishonchsizlik muhitini yaratadi. Ular ko‘pincha “O‘zingni extiyot qil, qo‘shningni o‘g‘ri tutma” degan fikrda bo‘ladilar. O‘z haqiqiy fikr va his- tuyg‘ularini yashirishga moyil bo'lishib, ishonchli munosabatlar o‘rnatmaydilar, hatto yaqinlari, oila a’zolariga ham ishonmaydilar. Ashlesha xarakterining ikki yo‘nalishi bor, ular boshqalarni aldashadi yoki o‘zlari aldanadilar. Ko‘pchilik Ashlesha bilan tug‘ilganlar asosan qurbon bo‘lishadi, ayniqsa Quyosh va Yupiter sayyoralari Ashleshada joylashgan bo‘lsa. Ular turli zaharlarga, shu jumladan giyohvand moddalarga, farmatsevtik preparatlar va antibiotiklarga moyil bo‘lishligi mumkin. Ashlesha bilan tug‘ilgan odamlar firibgarlik bilan bog‘liq tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanadi, biznesda halol usullarni kam qo‘llaydi va tez-tez yolg’onga murojaat qiladilar. Ular juda ham psixologik o‘yinlar va strategiyalarni yoqtiradi, boshqalarni aldashdan zavq olishadi.
Xarakter va Harakat
Agar siz mushuk va ilonning xususiyatlarini o‘ylab ko‘rsangiz, Ashlesha shaxsiyatini umumlashtirish qiyin emas. Hiyla-nayrang, hisob-kitob, shubhali va befarq, bu mushuklar va ilonlarni umumiy bo‘lgan xususiyatlaridir. Ko‘pchilik fikricha, Ashlesha faol nakshatradir. Garchi u birinchi qarashda passiv ko‘rinishi mumkin, ammo bu faqatgina uning faoliyatining yashirinligi bilan bog‘liq. Ashlesha bilan tug‘ilganlar faol bo‘lmasa ham, doimo biror narsani o‘ylab yurishadi, chunki ularning faoliyati har jihatdan yashirin. Bugungi kunda ko‘plab maxfiy ishlar, jamoatchilik. ko‘zidan uzoqda, Ashlesha energiyasi yordamida amalga oshiriladi. Salbiy xususiyatlarni ijobiy yo‘nalishda ishlatish ijobiy tomonga o‘zgartirishning yakkayu yagona yo‘li – bu o‘zingizni Koinot irodasiga to‘liq moslashtirishdir. Bu jarayonda eng muhim narsa —bu tug‘ma egoizmni yengishdir. Buni amalga oshirgandan so‘ng, shubha ehtiyotkorlikka, hiyla esa donolikka aylanadi. Bu ruhiy uyg‘onish yo‘lidagi birinchi qadamdir. Inson tabiatining pastki ko‘rinishlari biLan to‘qnashganda, tozalangan hoLda chiqish uchun ruhning qorong‘u, demonik qismiga nazar tashlash kerak. AshLesha tabiiy tendentsiyasidan foydalanib, ichki tabiatning yashirin elementlarini tushunish uchun barcha ma’lumotlarni ko‘rishi zarur. Ashlesha zaharlarni yordamida zarba berish kuchi bilan bog‘liq. Bu nakshatra dushman yoki o‘ljaga tezkor hujum qilishning barcha turlari bilan bog‘liq. Shu bilan yana bir bor ushbu nakshatraning xavfli va zararli tabiatini tasdiqlaydi. Tanadagi qismlar va ayurvedik konstitutsiya Ashlesha bilan bog‘liq tananing qismlari-tirsaklar, bo‘g‘imlar, tizzaning yuqori qismi, tirnoqlar va quloqlar. Bu nakshatra "Kapha" (suv) tattvasiga mansubdir. Bu uning Qisqichbaqa burjiga bo‘lgan munosabati bilan izohlanadi. Ko‘pchilik ilon xudolari Kapha xususiyatlariga ega bo‘lib, to‘xtash, dangasalik va bo‘shashganlik bilan tavsiflanadi.
Ashlesha padalari
1-chi pada (16°40'-20°00', Qisqichbaqa, Navamsha O‘tkancha (Sagitarius), Yupiter boshqaruvi) Ushbu padada tug‘ilgan odamlar og‘ir mehnatga tayyor, dushmanlarga qarshi kurashga qat’iyatli boladilar. Shuningdek, kasalliklar va 6-uy bilan bog‘liq holatlar ular hayotida muhim o‘rin tutadi.
2-chi pada (20°00' -23°20', Qisqichbaqa, Navamsha Qovg‘a (Capricorn), Saturn boshqaruvi) Bu pada odamlarga aloqadorligi biLan ajralib turadi va maqsad sari intilishni ko‘rsatadi. Shu bilan birga, Ashleshaning aldovga moyilligi ko‘p uchraydi. Moliyaviy jihatdan Ganda Mula padasi hisoblanadi.
3-chi pada (23°20' – 26°40', Qisqichbaqa, Navamsha Qovg‘a (Aquarius), Saturn boshqaruvi) Sirli va ezoterik ma’noga ega. Ushbu padada tug‘ilganlar hiyla-nayranglarda mahoratli ixtirochilar bo‘lib, sayyoralar, onaning hayoti va farovonligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
4-chi pada (26°40'-30°00', Qisqichbaqa, Navamsha Baliq (Pisces), Merkuriy boshqaruvi) Ushbu pada sezgirlik va rahmdillikni ifodalaydi. Bu yerda tug‘ilganlar hushyor, sirli va boshqalarga yordam berishga intiluvchilar.
Boshqaruvchi sayyora Yupiter.
Bu pada barcha turdagi illyuziyalar bilan bog‘liq bo‘lib, axloqiy kurashning cho‘qqisi hisoblanadi. Ashleshaning ilon tabiati bu padada nihoyasiga yetadi. Bu padada tug‘ilganlar boshqalar tomonidan aldangan yoki o‘zlari kimnidir aldashi ehtimoli yuqori. Ular o‘z haqiqiy tabiatlarini deyarli hech qachon ko‘rsatmaydilar. Bu padada joylashgan sayyoralar otaning hayoti va farovonligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Kasblar
Zaharlarga oid barcha kasblar Neft sanoati, kimyo muhandislari Tamaki sanoati Giyohvand moddalari savdosi Psixologlar, psixiatrlar Firibgarlar, o‘g‘rilar. Pornografik faoliyat, yengil tabiatlar, fohishalar, Ilon chaqiruvchilar. Jarrohlar. Uy mushuklari va ilonlarning egalari Brakonerlar.Maxfiy xizmat agentlari, josuslar Advokatlar , yuridik faoliyat. Foiz beruvchilar.Yoga o‘qituvchilari, gipnozchilar. Kult liderlari.
Joylar
Ilonlar va sudraluvchilar yashaydigan barcha joylar Maxfiy xizmatlar Shifoxonalar Yuridik firmalar. Zaharli, turli kimyoviy ishlab chiqarishlar bilan shug‘ullanuvchi zavodlar Dorixonalar Lombardlar Giyohvand moddalar savdosi, fohishalik va boshqa shu kabi joylar.
Guna (Tabiat) va Tattva (Element) Guna (Tabiat)
Ashlesha ehtimol sattviy (pokLik, ma’rifat) guna biLan tavsiflanadi. Bu ta’rif o‘quvchini hayron qoLdirishi mumkin, ammo qadimgi ko‘ruvchilarning fikriga ko‘ra, Ashlesha to‘g‘ridan-to‘g‘ri Kundalini Shakti bilan bog‘liq. Kundalini Shakti bizning hayotimizni va oldingi hayotlarimizdagi barcha voqealarni kodlaydi. U bizning onamiz va individual dasturimiz bo‘lib, faqat sattva sifatida baholanishi mumkin. Tattva (Element) Ashlesha suv elementiga tegishli. Bu uning Kapha ustuvor temperamentiga qanday mos kelishini tushuntirish qiyin bo‘lishi mumkin.
Gana (Temperament turi)
Ashlesha rakshas yoki demonik nakshatra sifatida ko‘riladi. Bu ajablanarli emas, chunki Ashlesha ifodalovchi Gidra yulduzlar to‘plami eng xavfli osmon demon mavjudotlarining yashash joyidir. Ashlesha juda shafqatsiz, yovuz bo‘lishi mumkin va juda kam hollarda befarq bo‘ladi.
Yo‘nalish va joylashuv
Ashlesha pasayuvchi nakshatra hisoblanadi. Ilgaridan ma’lum bo‘lishicha, ilonlar yer ustida yashamaydilar. Ashlesha ma’noda yer osti hayotini qo‘llab- quvvatlaydi. Unda joylashgan sayyoralar ko‘pincha o‘zini ehtiyotkor tutadi yoki yashirin usulda harakat qilishga majbur bo‘ladi. Ashlesha og‘ir, keskin va dahshatli bo‘lgan nakshatra hisoblanadi. Bu uning salbiy potentsialini hisobga olganda ajablanarli emas.
Oy oyi va kuni
Ashlesha Magh oyining birinchi yarmiga to‘g‘ri keladi, bu odatda gregoryan taqvimida yanvar oyiga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, Ashlesha Navami (9-titxi yoki kun) o‘suvchi va kamayuvchi Oy tsiklining fazasi bilan bog‘liq.
Foydali faoliyatlar
Qattiq choralarni talab qiladigan barcha faoliyatlar, masalan, zaharlar bilan ishlash, sud jarayonlarini olib borish va boshqalar. Dushmanlarga qarshi intrigalar va fitnalarni qo‘llab-quvvatlash. Jinsiy faoliyati, qisqa muddatli harakatlardir. Kundalini yogasi.
Noqulay faoliyatlar
Barcha yangi boshlanishlar uchun noqulay. Ayniqsa tijorat faoliyati, qarz olish yoki berishlar uchun noqulay.
Boshqaruvchisayyora
Oy va Merkuriy Ashlesha nakshatrasi bilan bog‘liq ikkita sayyora hisoblanadilar. Merkuriy esa asosiy boshqaruvchi sayyora bo‘lib, uning beqarorlik, qochqinlik va aldov kabi salbiy xususiyatlari Ashlesha nakshatrasida namoyon bo‘ladi. Ashlesha ko‘pincha Merkuriy sezgirligi va hisob – kitob qilish qobiLiyatini o‘z egoistik maqsadlariga ishLatadi. Merkuriyning asosiy vazifasidan biri ongni, ya’ni Oy tomonidan ifodalangan hissiyotLarini nazoratini qilishdir. Ashlesha ongni nazorat qilish va ongsizni boshqarish uchun moljaUangan joydir. Zamonaviy dunyoda Merkuriy sayyorasini Oy ustidan nazorati jamiyatni ommaviy axborot vositalari orqali aldashga xizmat qiladi. Bu salbiy holatlar Merkuriy energiyasini Ashleshani Kali-Yuga davrida eng xavfli nakshatraga aylantiradi. Merkuriyga muvozanatni saqlash huquqi berilganligi sababli, jamiyat va butun dunyo muvozanatdan chiqib ketayotganida bu ayniqsa seziladi. Ashlesha ong va hissiyotlar, ong va ongsiz, aql va aqlsiz o‘rtasida kechadigan ichki kurash maydoni. Uni g‘ayrioddiy energiyasi odamni tushkunlikka va noto‘g‘ri yo‘lni tanlashga moyil qiladi. Oy va Merkuriy birga birlashganda xaritada o‘xshash natijalar yuzaga keladi. Yupiter va Ketuni Ashleshaga ta’siri ko‘pincha ijobiydir. Hech bir sayyora Ashleshada o‘zini juda yaxshi his qilmaydi, lek yaxshi joylashgan Merkuriy sezgirlikni oshiradi va yaxshi biznes qobiliyatlarini beradi.
Ranglar va kiyim-kechak
Ashleshada tug‘ilganlar odatda to'q ranglarga jalb qilinadi, ko‘pincha qizil va qora rangdagi kiyimlarni tanlaydi. Ularga esa ko‘proq sattvik och ranglarni tanlash tavsiya etiladi
Tovushlar va Harflar
Birinchi pada 16°40' – 20°00' “Di”
Ikkinchi pada 20°00' – 23°20' “Du”
Uchinchi pada 23°20' – 26°40' “De”
To‘rtinchi pada 26°40' – 30°00' “Do”
Sanskrit alifbosida Ashlesha yulduzi “Kha” va “Ga” tovushlariga mos keladi, shuning uchun ham uning mantralari «Om Kham» va «Om Gam» hisoblanadi.
Jinsiy tur va moslik
Ashlesha hayvoni mushuk hisoblanadi. Mushuklar jinsiy jihatdan juda faol mavjudotlar sanaladi. Ashleshani tavsiflovchi asosiy kalit so‘zlari o‘rash, yopish, qamrab olish kabi harakatlar jinsiy xarakterga ega ekanligini ko‘rsatadi. Bugungi kunda bu nakshatra jinsiy ekspluatatsiyaning katta qismini o‘z zimmasiga oladi. Ashlesha, shuningdek, jinsiy jihatdan Punarvasu nakshtrasi bilan eng mos keladigan nakshatra hisoblanadi.

Ezoterik ma’nosi
Ashlesha va Gidra o‘rtasidagi bog‘lanish allaqachon ta’kidlangan. Grek mifologiyasida Gidra ko‘p boshli ilon bo‘lib, Gerkules tomonidan yengilgan. Qiziqarli tomoni shundaki, qirollik nakshatrasi Magha ushbu yuLduz to‘pLamiga yaqin joylashgandir. Qadimgi afsonaLar shuni aytadiki, taxt va hokimiyat faqat o‘zimizdagi qorong‘u ilon sifatLarini yengganimizdan keyin qo‘lga kiritiladi. Inson tabiatining salbiy qismi yuqori ijobiy xarakter xususiyatlariga joy berishi kerak. Shu sababli Ashlesha yaxshilik va yomonlik o‘rtasidagi kurashda muhim rol o‘ynaydi. Kundalini energiyasi bilan bog‘liqligi Ashlesha to‘g‘ridan-to‘g‘ri Kundalini energiyasi bilan bog‘liq. Kundalini – ilon shaklidagi energiya bo‘lib, umurtqa pog‘onasining pastki qismidagi Muladhara chakrasida (sakkizta ildiz markazi) joylashgan. Ashleshaning vazifasi – bu energiyani faollashtirish va ko‘tarishdir. Uning ta’sir doirasi va faoliyat maydoni asosan ildiz markazining instinktiv, dastLabki qismida joylashgan. Kundalini energiyasini uyg‘otish ma’rifatga erishish yo‘lidagi birinchi qadam hisoblanadi. Bu Ashlesha – ongli tanlov amalga oshiriladigan nuqta ekanligini yana bir bor ta’kidlaydi. Donishmandlik va ma’rifat yo‘lini boshlash uchun biz past materiaListik tabiatga aloqador bo‘lgan barcha narsalardan umumiy voz kechishimiz kerak. Kundalini yo‘llari Ashleshadan boshlanib, Uttara Bhadrapadada yakunlanadi.
Viramhira ma'lumotlariga ko'ra, Ashlesha bilan tug'ilganlar ko‘pincha yolg‘onchi, yovuz, makrli, minnatdorchilikdan mahrum, hiyLa-nayrangli va yo‘lida hamma narsani yutib yuboradigan shaxslar bo‘lishadi. Ushbu misollar Ashlesha nakshatrasining murakkab va ko‘p qirrali xarakterini ko‘rsatadi, unda ijobiy va saLbiy sifatlar bir-biriga aralashgan.

10 chi Nakshatra (Yulduz) MAGHA

Osmonda joylashuvi
00°00' Arslon- 13°20' Arslon. Magha nakshatrasi nakshatralar orasida eng yorqin va yiriklardan biri bo‘lib, tungi osmonda Arslon qiroli yulduzlar guruhida joylashgan. Uning eng yorqin yulduzi Regulus yoki Alfa-Leonis bo‘lib, magnitudasi 1,41 ga teng. Bu yulduz tungi osmonning eng yorqin yulduzlaridan biri hisoblanadi va “Kichik Qirol” yoki “Kichik Quyosh” deb ataladi. Magha nakshatrasining boshqa yulduzlari qizil yulduzlar qoldig‘idan tashkil topgan bo‘lib, ular zamonaviy astronomiyada Eta-Leonis (Al Jabba), Zeta-Leonis (Adhafera), Myu-Leonis (Rasalas), Epsilon-Leonis, Lambda-Leonis (Alterf) va Kappa- Leonis nomlari bilan tanilgan. Qadimgi vedik ko‘ruvchilar bu yulduzlar to‘plamini taxt sifatida ko‘rgan, boshqa madaniyatlar esa uni Arslon sifatida tasvirlagan.