bannerbanner
28 Nakshatra haqida
28 Nakshatra haqida

Полная версия

28 Nakshatra haqida

Настройки чтения
Размер шрифта
Высота строк
Поля
На страницу:
1 из 6

28 Nakshatra haqida

Глава


Kirish

Nakshatralarning inson hayotiga umumiy ta'siri

Prash Trivedi bilimlariga asoslangan.




Yulduzlar, bu olamning abadiy sirlarini saqlovchilar, va nakshatrlar—inson hayotidagi sehrli kalitlar. 28 ta nakshatra, bu shunchaki yulduzlar emas, balki ular biz bilan bog‘langan, xarakterimiz, taqdiri – azal qismatimizdagi hayratlanarli bizning hikoyalardir. Ular insoniyatni ichki olamidan tortib tashqi dunyosigacha hayotining barcha jihatlariga ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu kitob sizni qadimiy vedik astrologiyaning sehrli olamiga taklif etadi. Har bir yulduz o‘zining noyob energiyasini ochib berib, shaxsiyatimiz, munosabatlarimizga, ham baxtimizga qanday ta’sir qilishini tushunishga yordam beradi. Nakshatralar atrofida shakllangan ushbu bilimlar, nafaqat o‘zligimizni yanada chuqurroq anglashda, balki hayotdagi muhim qarorlarni qabul qilishda, shaxsiy va ommaviy bo'lgan munosabatlarimizni mustahkamlashda kuchli qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi. Shu sababli, ushbu sayohatga tayyor bo‘ling! Kosmik sirlar va yulduz donoligi sizni yangi bilimlar, yangi his-tuyg‘ular va kutilmagan kashfiyotlarga olib boradi. Siz o‘z yulduzingiz ostida yorqinroq porlashni boshlaysiz!

Men umid qilaman-ki, ushbu kitob kosmik uzatkichlarni yanada chuqurroq o‘rganish uchun ilhom beradi va vaqt o‘tishi bilan biz ajdodlarimizda bo‘lgan toza va to‘liq tushunchaga yaqinlashasiz.

Vedic astrologiya tizimi, sanskrit tiLida Jyotish deb ataladigan, 27 ta yulduz to‘plami, 12 ta burj belgisiga ko‘ra, bizning sayyoramizga bo‘lgan astrologik ta'sirni tushunishning asosini tashkil etadi. 27 ta yulduz to‘plami nakshatra (yulduz) deb nomlanadi. «Nakshatra» atamasi ikki qismdan iborat: «nak»– «osmon»ni, «shetra» esa «hudud»ni anglatadi va «Osmon xaritasi»deb tarjima qilinadi. Ikkinchi atamasi xam bor bo‘lib unga ko‘ra boshqa tarjima ham mavjud: «naksha» – «xarita» va «tara»– «yulduz», shuning uchun Nakshatra —bu «Yulduzlar xaritasi». Ikkala tarjima ham azal qadimgi vedik qarashlarga ko‘ra, 27 ta nakshatra (yulduz to‘plami) 12 ta rashi (burj belgisi) emas, balki osmon xaritasi ekanligini aniq ko‘rsatadi. Jyotish astrologiya (Vedik astrologiya) nakshtrasiz "inson tanasi ko‘zlarsiz qanchalik to‘liq bo‘lmasa, shunchalik to‘liq emas" deyiladi. Agar Jyotish – bu «Veda ko‘zlari» bo‘lsa, Nakshatrlar – bu «Jyotish ko‘zlari». Shunday qilib, 27 ta nakshatra bizning tug‘ilishimizdan to tanamizning vafotigacha bo‘lgan hayot yo‘limizni aks ettiradi. Biror kishining hayot yo‘lini 27 ta nakshatra orqali juda qisqa va aniq ko‘rish mumkin.

Ashvini bizning hayotimizning birinchi yiLiga mos keladi. Bu davrda omon qoLishimiz to‘liq tashqi yordamga bog‘liq bo‘ladi va biz faqat instinktiv darajada harakat qilamiz. Bharani esa chaqaloq davrini ifodalaydi, bu paytda tishlar o‘sishni boshlaydi va ovqatlanish kabi transformatsion jarayonlar sodir bo‘ladi. Bu bosqichda biz ko‘proq mas'uliyatni o‘z zimmamizga olishni boshlaymiz, masalan, o‘zimiz ovqatlanishni o‘rganamiz. Ushbu davrda odatda «xohlayman» va «xohlamayman» degan dastlabki iroda namoyon bo‘ladi. Keyingi bosqich o'rganish bosqichi. Biz yurishni, o‘ylashni, gapirishni va hokazo ko‘nikmalarni o‘rganamiz. Bularning barchasi dastlabki o‘qitishlar Krittika nakshtrasining ta'sir kuchida amalga oshadi. Ushbu bosqich 4 yoki 5 yoshgacha davom etishi mumkin. Yozishni o‘rganish ham bu bosqichning bir qismidir. Ushbu davrda intizom muhim ahamiyatga ega bo‘lib, u Ashvini va Bharaniyining dastlabki toza ongidan o‘sishi kerak. Bundan keyin Rohini keladi. Bu bosqichda bola oldingi bosqichda olingan yangi ko‘nikmalar yordamida moddiy dunyoni tushunishni va undan zavq olishni boshlaydi. Mrigashira—bu nuqta, shunda biz o‘z qiziqishimizga ergashamiz. Ardra esa tajribamizni tahlil qilish va anglash vaqti. Purnavasu – bu bizning his – tuyg‘ularimizni his qila boshlaganimiz davridir.

Inson o'z oilasidagi va jamiyatdagi rolini anglay boshlaydi. O‘yinqaroqlik va g‘amxo‘rLik birlashadi. Pushya esa biz ko‘proq mas'uliyatni o‘z zimmamizga oLadigan bosqichni ifodalaydi. Bu taxminan 16 yosh atrofida bo‘lib, birinchi marta sevgi his qilganimizda va dunyoning mo‘jizalar va umidlar bilan to‘la ko‘rganimizda yuz beradi. Ashlesha 18-20 yoshda namoyon bo‘ladi. Bu davrda biz qiyin bo‘lgan hayot haqiqatlari bilan birinchi marta duch kelamiz va ulardan o‘tishimiz kerak bo‘ladi. Bu yerda naivlikka o‘rin yo‘q, inson o‘zining hayot yo‘lini topishga harakatlanadi – bu Rahu vaqti bilan mos keladi. (Rahu-soyaviy sayyora) Biz yo‘limizni topganimizdan so‘ng, shaxsiyatimiz va o‘z-o‘zimizni anglashimiz Magha nakshatrasining himoyasida shakllanadi. Bu odatda 21 yoshda sodir bo‘ladi. Bu vaqtda inson o‘z ildizLari va narsalarning holatiga qanday aloqasi borligini o‘ylashni boshlaydi. Shaxsiyat shakllanib bo‘lganidan so‘ng, inson Purvaphalguni impulslariga ko‘ra dam olish va ijod qilishga harakat qiladi. Hamkor qidirish boshlanadi. Ba’zilar bu davrda turmush qurish va bolalar haqida o‘ylashi mumkin. Keyin Uttaraphalguni keladi, ushbu davrda inson jamiyatda va oilaviy munosabatlarda o‘zini , ma'Lum bir o‘rniga e'tibor qaratishga majbur hoLda bo‘ladi. Bu shaxsiy emas, ijtimoiy shaxsiyatni qidirish davri bo‘lib, inson Magha ta'sirida o‘z o‘rnini topadi. Hasta – nakshatrasi davrida inson o'zini dunyoviy mas'uliyat va faoliyatga bag‘ishlaydi, mahoratli va mohir bo‘lishga intiladi. Bu reja tuzish va loyihalarni boshlash. vaqti hisoblanadi. Chitra – bu biz o‘z ishimizni yaratadigan va Hasta nakshtrasining ta'sirida yaratilgan rejalarni haqiqatga aylanuvchi vaqti. Swati – bu biz o‘z ijodlarimizni dunyoga olib chiqadigan davr. Boshqa so‘z bilan aytganda, biz biznes orqali dunyo bilan o‘zaro aloqada bo‘lamiz. Biznes muvaffaqiyat qozonganidan va boylikra erishilganidan so‘ng, yanada muhimroq narsaga bo‘lgan chidab bo‘lmas istaklar ashaddiy paydo bo‘ladi. Katarsis Vishakha nakshatrasida sodir bo‘ladi. Bu chidab bo‘lmas istak faqat Anuradha nakshatrasida, koinot sirlarini tushunishlikda va donishmandlikni egallash orqali qondirish mumkin. Bunga ham erishgandan so‘ng, inson Jyeshta nakshatrasining ta'sirida hurmatga sazovor va mas'uliyatli shaxsga aylanadi, ichki g‘urur va ustunlik hissi bilan to‘ladi. Mula biz ilgari qurgan hamma narsani buzadi va bizlarga hal qilishimiz va o‘rganishimiz uchun hali ko‘p narsalarni borligini ko‘rsatadi. Bu yo'l tarafkashlikning boshlanishidir. Keyin – Purvashadha, inson Mula nakshatrasida o‘tkazgan barcha sinovlarini va transformatsiyalar natijasida mag‘lubiyatsizlikni his qiladi. Inson bilim va tajribasini dunyo biLan bo‘lishishni boshlaydi, Lekin hali ham biroz egoistik bo‘lishi mumkin. Uttarashadha insonni yanada kengroq qarashga va individualizmni jamoaviy maqsadlar uchun sublimatsiya qilishimizga majbur qiladi. Individualizmni sublimatsiya qilgandan so‘ng inson Shravana nakshatrasining himoyasi ostida koinotning tinch, lekin chuqur ovozlariga sezgir bo‘ladi. Shravana nakshatrasidagi sezgirlik orqali o‘rganganimizning barchasi Dhanishta tomonidan ramzlangan koinot ongining ritmi bilan uyg‘unlashib ishlatiladi. Bu ko‘pincha barcha darajalarda boylik, mo‘l-ko‘llik va istaklarning amalga oshishiga olib keladi. Odam mo‘l – ko‘llikdan bahramand bo‘lgach, yanada muhimroq narsalarga bo‘lgan to‘xtovsiz intilishi paydo bo‘ladi. Bu katarsis Shatabhisha nakshatrasida sodir bo‘ladi, bu yerda inson «Men» mavjudligi haqida chuqur o‘ylay boshlaydi. Bu savollar oxir – oqibat insonning Purvabhadrapada nakshatrasining ta'sirida qattiq tavbalarga olib keladi. Inson Absolyut Haqiqatga erishish uchun moddiy, aqliy va hissiy darajada hamma narsani qurbon qilishga tayyor bo‘ladi. Bu asl haqiqatni anglashning haqiqiy yo‘li bu esa Uttarabhadrapada nakshatrasida aniqlanadi. Ushbu nakshatra oxirgi donishmandlik haqiqatga va yengil, yumshoq va tinch usullar orqali erishish mumkinligini ko‘rsatadi. Bu yerda o‘rta yo‘lni, muvozanatni qanday ushlanishini tushunish keladi. Bu yo‘lni kuzatish oxir-oqibat Revati oxirgi nakshatra himoyasida to‘liq ma’rifatga erishishga olib keladi. Barcha ikki tomonlama, murakkabliklar, falsafalar, harakatlar va reaksiyalar Revati cheksiz ummonida birlashadi. Va, Vishnu kabi, inson bu ummondan chiqadi, ularning barchasidan ozod bo‘ladi. O‘z – o‘zidan ma’lumki, ko‘pchilik odamlar uchun nakshatrlar tomonidan taqdim etilgan bosqichlar, sayyoralarning nakshatralariga, shuningdek, shaxsiy goroskopdagi ko‘tariluvchi belgi bilan bog‘liq holda yanada chuqurroq ma’nolarga ega bo‘ladi. Ayniqsa, zamonaviy, va juda xam notinch jamiyatda, nakshatralar tomonidan tasvirlangan ideal yo‘l ko‘pchiligimizga faqat qisman xolda tatbiq etiladi. Nakshatralar, shunga qaramay, kosmik goroskopni tushunish uchun asos bo‘lib qoladi. Masalan, astrolog ko‘tariluvchi Qovg‘a natal xaritasiga va Qovg‘a belgisiga oid umumiy bilimlarga asoslanib inson xarakterini aniqlashga harakat qilganda, u bayonotlarning umumiy, aniq emas va hatto ba’zi jihatlarda qarama-qarshi ekanligini ko‘radi. Chunki Qovg‘a uchta nakshtraning energiyasini o‘zida mujassam etgan Dhanishta, Shatabhisha va Purvabhadrapada ularning tabiati, xususiyatlari va faoliyati mutlaqo boshqacha. Har bir sayyoraning joylashuvi ham shunday murakkabliklarga ega.




1 -Nakshatra (Yulduz) Ashvini




Joylashuvi Qo‘y burjida 0°00' dan 13°20' gacha davom etadi. Osmonning yorqin Alfa Qo‘ch (Hamal) va Beta Qo‘ch (Sheraton) yulduzlari bilan ifodalanadi. Qadimgi vedik ko‘rishlarda bu yulduzlar Vezirlar to‘plami sifatida ko‘rilgan va shunday qilib, ular bir xil naqsh hosil qilayotgandek ko‘rinadi. Ushbu yulduzlar zamonaviy astronomiyada Alfa Qoç (Hamal) va Beta Qoç (Sheraton) sifatida tanilgan. Alfa Qoç biroz yorqinroq bo‘lib, uning ko‘rinadigan kattaligi 2.02 ga teng, Beta Qoçning esa ko‘rinadigan kattaligi 2.66 ni tashkil etadi. Ushbu yorqin yulduzlar sayyoralarning ekvatoriga juda yaqin joylashgan, Andromeda yorqin yulduzlar to‘plamining to‘g‘risining ostida joylashgan va ularni kechasi osmondan maxsus uskunalarsiz, oddiy kozlar bilan ko‘rish oson.

Yo‘nalishi – boshlanish, janub-sharq va shimol-g‘arb tarafga to‘g‘ri keladi.


Jinsi

Bu erkak nakshatra hisoblanadi, chunki u birinchi nakshatra bo‘lib, «1» raqami erkak jihatiga to‘g‘ri keladi. Ushbu nakshatra o‘z arxetipi bo‘yicha erkak sifatlari-boshqaruv, ambitsiyalar, tashabbuskorlik va mantiq bilan bog‘liq. Shuningdek, Ashvini Quyosh va Mars kabi erkak sayyoralar bilan juda yaqin aloqada.

Vaqt

Oy oyning birinchi yarmida, odatda Sentyabr va Oktyabr oylariga to‘g‘ri keladi. Ashvini, o‘sayotgan oyning birinchi bosqichi Pratxma bilan bog‘liq.

Gotra (Koinot nasl-nasabi)

Ushbu nakshatra Marichi bilan bog‘liq. U bizning galaktikamiz ishlariga nazorat qiluvchi yetti osmon donishmandlaridan biridir. Ushbu donishmandning ismi «yorug‘lik» deb tarjima qilinadi. Bu biz uchun ajablanarli emas, chunki Ashvini barcha 27 nakshatr ichida eng yorqin va eng tezidir. Ijtimoiy guruhi (kasta) Ashvini Vayshya kastasi yoki savdogarlar kastasiga mansub hisoblanadi. Ko‘p tashabbus va faoliyat talab qiladigan biznesni olib borishda, Ashvini kabi tashabbuskorlikka ega bo‘lgan boshqa nakshatrani topish qiyin. Bu esa ularni moddiy va boshqa mavjudlik sohalaridagi barcha turdagi bizneslar bilan avtomatik ravishda bog‘laydi.



Bu biznes har doim sotib olish va sotish bilan cheklanmaydi. Turli xil darajalarda o‘zaro ta’sir va almashish, shuningdek, barcha xoldagi tadbirlarning asosida yotgan dastlabki, beqaror motivlarni tushunish Ashvini nakshatrasi muvaffaqiyatining kaLitidir. Zamonaviy kontekstdagi Ashvini ko‘proq biznes olib borish va pul ishlashga qodir nakshtra sifatida tushuniladi. Ashvini ilohiy nakshatradir.

Ramzi

Asosiy ramzi otning boshi. Bu ramzi uning nomi biLan chambarchas bog‘liq. Otning boshi har qanday narsaning boshlanishi g'oyasini ifodalaydi. Otdagi sayohat boshlanishidan oldin, otminuvchilar odatda otni boshidan siLab qo'yishadi. Qadim zamonlardan beri ot hokimiyat, jasorat, harakat va hayotiylik ramzi bo‘lib kelgan. Otning boshi harakatga intilishni, yaqinlashish tezligini anglatadi. Ot har qanday sayohatga doimo tayyor bo‘ladi. Bu sayohat o‘zining tugashiga emas, balki otminning yoki boshqalar uchun maqsadlariga mo‘ljallangan. Agar kimdir otlar bilan yaqin aloqada bo‘lsa, ehtimol u otning boshidan sezgirlik va hushyorLik hissini oLadi. Ashvini zodiakining boshida joyLashgan birinchi Qo‘ch beLgisida joylashib, abadiy mavjudlik bosh qismi sifatida qaraladi, bu esa albatta bosh bilan bog‘liqdir. Ashvini bosh bilan va albatta miya bilan bog‘liq, u tananing barcha mavjud funksiyalarini boshqaruvchi organ hisoblanadi. Shundan kelib chiqib, Ashvini aqliy impulslar va rahbarlik sifatlari bilan bog‘lanadi. Otlar asabiy, shoshqaloq va bog‘langan hayvonlardir. Shuning uchun ushbu nakshatra bu fazilatlarga to‘liq mos keladi.

Nakshatraning alternativ ramzi

«ikki otli arava, ikki kishini olib boruvchi». Ushbu simvolizm bu nakshatraning homiy bo‘lgan kuchlari bilan bog‘liq bo‘lib, harakat qilish zarurligini va har xil turdagi yuklarni tashishlik va transportlar bilan bog'liqligini ta’kidlaydi. Bu harakat yerda moddiy yuk tashish yoki boshqa olamlar, sohalar yoki tekisliklar o‘rtasida sayohat bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Boshqaruvchi yuqori kuch

Ashvini Kumary, ikki osmon otlig‘idirlar va ushbu nakshatraning asosiy homiylari sanaladi. Ularning ismlari Dashra va Nasatya, bu so‘zlar «yordam beruvchi» va «haqiqat» degan ma’noni anglatadi. Hech qaysi bir qadimiy madaniyatlar ushbu ramzni o‘z ichiga olgan afsonalar va ertaklarsiz qolmagan. Ko‘pincha ular ikki aka-ukalarni, o‘z sayohatlarida uchragan muammolarni hal qiluvchi qahramonlar sifatida tasvirlanadi. Afsonalarga ko‘ra, Ashvini Kumarilar, Quyosh Xudosi Suriya dev va uning rafiqasi Sanjanadan tug‘ilgan egizaklar. Ular osmon shifokorlari sifatida tasvirlanib, bu nakshatraning tubdan davolash xamda yoshartirish qobiliyatlariga asos soladi. Ashvini Kumary jismoniy va astral darajadagi barcha o'tlar haqidagi bilimga ega bo‘lib, har qanday kasallikni xam sog‘aytira olish va muammolarni hal qila olish kuchiga ega. Ular oilaviy juftliklar o‘rtasidagi to‘qnashuvlar va to‘siqlarni bartaraf etishda g‘amxo‘rlik qiladi, shu bois Ashvini oilaviy uyg‘unlikni rag‘batlantiruvchi nakshatra sifatida tan olingan. Ashvini Kumarlar, agar oilada homiladorlik bilan bog‘liq muammolar bo‘lsa, yordam ko‘rsatishi mumkin. Ular jinsiy disfunktsiyalarni davolashda yordam berishi bilan mashhur. Ushbu nakshatra ikki ilohiy mavjudotning modda olamida eng yaxshi namoyon bo‘lgan sifatlarini aks ettiradi. Ular shunchalik kuchli hisoblanadiki, yoshlikni qaytarishi va o‘liklarni tiriltirish qobiliyatiga ham ega. Ular abadiy yosh ko‘rinishiga ega va ularda saxiylik hamda rahm- shafqat hayvonot dunyosiga ham tarqaladi, masalan, qo‘ylarni yovuz yirtqichlardan himoya qilgan ko‘plab rivoyatlar mavjud. Shuningdek, Fil boshli Ganesha, Parvati va Shiva o‘g‘li, ushbu yulduzlar guruhi bilan katta bog‘liqlikka ega. Ganesha barcha ishlarning boshlanishidir va to‘siqlarni bartaraf etuvchi sifatida mashhurdir. Bu uning asl mohiyatini qisqacha ifodasidir. Ganesha, shuningdek, ushbu nakshatra uchun boshqaruvchi bo‘lgan Ketu sayyorasi uning homiyi hisoblanadi. Uning to‘rtta asosiy sifati – bu poklik, omad, begunohlik va Koinot Onasining tamoyillariga sadoqatdir.

Tabiyat va xarakteri “Spontanlik”

Bu nakshatraning tabiatini va faoliyatini eng yaxshi tasvirlaydigan so‘zdir. Ashvini nakshatra eng tezkor va chaqqon nakshtralardan biri hisoblanadi. Tezlik va chaqqonlik bilan bog‘liq barcha xislatlar ushbu nakshatraning mohiyatini tashkil etadi. Tez bo‘lish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri maqsadga intilish zarur. Bu nakshatra har qanday vaziyatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri, murosasiz yondashadi. Ashvini tabiatidagi odamlar o‘z impulslarini darhol fikrlarga, fikrlarini esa tezda harakatga aylantiradi. Shuning uchun xam, ba’zan impul’siv xatti-harakatlar salbiy oqibatlarga olib kelishini kutish mumkin va beparvolik ularning xatti- harakatida ustunlik qiladi. “Shoshib ish qilib kulgiga qolma” kabi maqollar Ashvinilarni xarakterining mohiyatini tushunishga yordam beradi. Bu odamlar ko‘pincha yosh va energiyaga to‘la bo‘ladi va boshqa nakshatralardan tubdan farq qiladi. Agar Ashvini asendentda ko‘tarilgan bo‘lsa, odam ko‘pincha sportchi, jismonan kuchli va o‘ziga xos, beg‘ubor jozibaga ega bo‘ladi. Ashvini Kumarlar o‘zlarining jozibadorligi, nafisligi va ekzentrikligi bilan mashhur bu sifatlar ularning aqliy va jismoniy tabiatida yaqqol namoyon bo‘ladi. Ashvini odamlari ko‘p hollarda safarga chiqishga va yangiliklarni kashf etishga kuchli qiziqish bilan ajralib turadi. SarguzashtLar ruhi doim jasorat talab qiladi va aynan shu jasorat ushbu nakshatrani belgilaydi. Bu jasur va doshmandni qo‘rqitmaydigan nakshatra bo‘lib, u jasorat talab qiladigan ishda quvonch topadi. Masalan, 90 yoshida ikkilanmay parashyutdan sakrashi mumkin bo‘lgan inson faqat Ashvinida tug‘ilgan bo‘lishi mumkin. Ammo ushbu sifatning salbiy tomoni ham mavjud, ko‘plab “bosh urulishLar” o‘zining erkin harakatidan kelib chiqadi. Shuningdek, Ashvini odamlari o‘z xatolaridan saboq olmay, ularni takrorlashadi va bu yosh o‘tishi bilan kamaymaydi. Ashvini ajoyib hazil tuyg‘usiga ega. Ular ko‘pincha beparvo va quvnoq tarzda hazil qilishadi, o‘zlari va boshqaLar ustidan bemalol kulishlari mumkin. Ularning hazil tushunishlari juda o‘ziga xosdir. Ularning doimiy harakatga bo‘lgan ehtiyoji ularni sabr va barqarorlik talab qiladigan ishlar uchun mutlaqo nomaqbul qiladi. Shuning uchun ular kamdan-kam hollarda ishni oxirigacha yetkazadilar. ULar yangi ish boshlashga yetarlicha motivatsiyaga ega, ammo uni davom ettirish uchun energiya yetishmaydi. Ashvini tabiatiga ko‘ra, ular boshqalarning ehtiyojlarini yaxshi tushunadi va har doim yordamga tayyor, ammo tezroq natija talab etiladigan ishda ko‘proq yordam berishni afzal ko‘radi. Agar ish uzoq vaqt va barqaror e’tiborni talab qilsa, Ashvini bu ish boshqasiga topshiradilar va o‘zlari yangi ish boshlashga o‘tadilar.


Ezoterik ma'no

Ashvini asl, tashabbuskor chaqiriqni ifodalaydi, bu ikki namoyon bo'lgan va namoyon bo'lmagan olamlar bilan ifodalanadi. Hammasining boshlanishi bo'lganligi sababli, u hamma narsani to'g'rilash kuchiga ega. Shuning uchun kechki paytlarda, yuqori kuchlar shifokorlari, Ashvini Kumarlarni ushbu nakshatraning energiyasi bilan bog'langan. Devoriy madaniyatlarning deyarli barchasida, uning ildizLari albatta bitta arxetipni topish mumkin, «Qudratli shifokor» Odatda, ular Ashvini Kumarlarga juda o'xshash, ular ko'pincha Suv Xudosi va yoki boshqa Suv mavjudotlaridan tug'iladilar. Ashvini Kumarlar Ayurvedada va umumiy asL shifokorlik tizimida juda hurmat qilinadilar.

Tanadagi qismlar va ayurvedik konstitutsiya

Tizzalar va oyoq barmoqlari. Ushbu nakshatra tomonidan boshqariladigan asosiy, muhim tananing qismlari hisoblanadi. Tizzalar harakat bilan bog‘liq bo‘lgani uchun, ular yurish, yugurish va sakrash qobiliyatimizni namoyon etishda muhim rol o‘ynaydi. Otlar tezlikda yugurishi mumkin, chunki ularning tizzalari kuchli va bardoshli. Oyoqlari ham harakat qilish qobiliyatimizda katta ahamiyatga ega. Ushbu nakshatra Vatta yani (havo) konstitutsiyasini ustunligi bilan ajralib turadi. Vatta, bilganimizdek, Ashvinining tabiati «musiqasiga» juda harakatchan energiya olib kiradi. Tabiatdagi mavjud bo‘lgan barcha harakatchan mavjudotlarni, misol uchun, qushlar Vatta konstitutsiyasiga ega bo‘ladi.

Ashvini padalari

1- chi pada (0°00'-3°20' Qo‘y, Navamsha Qo‘y, Mars boshqaruvi) Ushbu pada jasorat va faollikni ifodalaydi. Bu padada tugilgan odamlar jasoratli, tez harakat qiluvchi, tashabbuskor va qo‘rqmas insonlardir. Ular rahbarlik qilishga moyil va doimo yangi boshlanishlarga tayyor turadilar.

2- chi pada (3°20'-6°40' Qo‘y, Navamsha Buqa, Venera boshqaruvi) Bu pada go‘zallik, san’at va amaliyotga moyil bo‘ladi. Ushbu padasida tug‘ilgan odamlar ijodkor, estetik jihatdan nozik va hayotdagi farovonlikka intiluvchan bo‘ladi. Ular diplomatiya va san’atning xar turli yo‘nalishidagi sohalarida muvaffaqiyatga erishadilar.

3- chi pada (6°40'-10°00' Qo‘y, Navamsha Egizaklar, Merkuriy boshqaruvi) Bu pada muloqot va hazil- mutoyibaga boy. Unda tug‘ilganlar tez fikrlaydigan, ijtimoiy va hazilkash bo‘lib, aql-idrok va muloqot qobiliyatlariga ega. Ular turli ijtimoiy faoliyatlarda muvaffaqiyatli bo‘lishadi.

4- chi pada (10°00'-13°20' Qo‘y,Navamsha Qisqichbaqa, Oy boshqaruvi) Bu pada shifobaxshlik va hamdardlik bilan ajralib turadi. Ushbu padasida tug‘ilganlar mehribon, hissiy sezgir va boshqalarga yordam berishga tayyor insonlardir. Ular tibbiyot, maslahat berish va ruhiy sohalarda faoliyat yu ritishadi.



Ashvini nakshatrasi kasblari va faoliyati

Tibbiyot va sog‘liqni saqlash: shifokorlar, tez yordam xodimlari, jarrohlar, fizioterapevtlar va boshqa tezkor yordam ko‘rsatuvchi mutaxassislar. Sport va jismoniy faoliyat: sportchilar, murabbiylar, jang san’ati ustalari. Transport va tezkor xizmatlar: haydovchilar, transport sohasida ishlovchilar, kuryerlar, kaskadyorlar. Tadqiqot va ilmiy soha: olimlar, tadqiqotchilar, ixti rochilar. Biznes va savdo: tadbirkorlar, savdogarlar, menejerlar. Reklama va kommunikatsiya: turli reklama kompaniyalari, PR mutaxassislari, marketing sohasidagi mutaxassislar. Ta’lim va huquqiy faoliyat: o‘qituvchilar, yuristlar, huquqshunoslar. Harbiy xizmat: armiyada yoki xavfsizlik sohasida xizmat qiluvchi shaxslar.

Ashvini vakillari odatda juda xam tezkor, jasoratli, innovatsion va insonlarga yordam berishni yaxshi ko‘radigan shaxslar bo‘lib, hayotda doimo yangi yutuqlarga intiladi. Ularning ruhiyati sarguzashtlarni sevadi va ular o‘z yo‘llarini izlab topishda mahoratlidir.

Temperament va energiya

Sattvik sifatlar, Yer elementi. Tezkorlik, boshlang‘ich kuchlar. Yuqori moslashuvchanlik va qayta tiklanish qobiliyati.

Ashvinining hayvoniy ramzi – Ot boshidir. Ot tezlik, jasorat va yangiliklarning timsoli hisoblanadi. Bu Ashvini nakshatrasining asosiy energiyasini ifodalaydi, yordam berish, tez harakat qilish va to‘siqlarni yengish.


Tovushlar va harflar

Birinchi pada «CHU».

Ikkinchi pada «CHE».

Uchinchi pada «CHO».

To‘rtinchi pada «LA».


Garmonizatsiya usullari

Muntazam «OM AM», «OM AAM», «OM IM» mantralarini takrorlash. Qizil va yorqin ranglarni kiyish. Ashvini kunlarida muhim ishlarni boshlash. Muhim eslatmalar! Ashvini boshlanish uchun juda qulay, ammo tugatish va uzoq muddatli ishlar uchun kamroq mos. Harakat va erkinlikka intilgan tabiati bor.

Virahamhiraga ko‘ra, «Ashvini nakshtrasida Oy yoqimli ko‘rinish, yaxshi odob va aql beradi. Go‘zal kiyim va bezaklarni sevuvchi tabiatga ega. Tanlagan sohasida malakali va professional bo‘ladi»


На страницу:
1 из 6