
Полная версия
28 Nakshatra haqida
2-Nakshatra (Yulduz) Bharani

Osmondagi Joylashuvi – Qo‘y burjida 13°20' dan 26°40' gacha davom etadi. Bharani nakshatrasi Venera Benergiyasining oldindan belgilovchisi bo‘lib, Qo‘ch yulduzlarida uchta kam yorqin yulduzdan tashkil topgan uchburchakni hosil qiladi. Qadimgi vedik ko‘ruvchilar bu uchburchakni ayol jinsiy a’zolari sifatida belgilashgan. Zamonaviy astrologiyada bu yulduzlar 35-Qo‘ch, 39- Qo‘ch va 41- Qo‘ch nomlari bilan tanilgan. 41 – Qo‘ch yorqin yulduz bo‘lib, ko‘rinadigan kattaligi 3.62 ga teng, bu esa ushbu yulduzlar to‘plamining kam yorqinligini tushuntiradi. Ushbu yulduzlar haqidagi bilimlar qadimda yopiq bo‘lgan, bu ma‘lumotlar yashirilgan, chunki ular katta ahamiyatga ega deb hisoblangan. Ularni tungi osmonda topish uchun Alfa-Qo‘ch (oldingi nakshatra Ashvini) va Pleyadalar (keyingi nakshatra Kritikka) yulduzlari orasidagi hududga e’tibor qaratish kerak. 41-Qo‘chni ko‘rish eng oson, qolgan ikki yulduz uning o‘ng tomonida joylashgan.

Yo‘nalishlar
Sharq, janubi-sharq va janub yo‘naLishLari biLan bog‘Liq.
Nomining ma’nosi
“Bharani” so‘zi “tug‘diruvchi”, “nasl ko‘rsatuvchi” degan ma’noni beradi. Ayollikning va umr davomida o‘sish, o‘stirish va haL qilish qobiliyatining ramzi.
Ramzlar
Asosiy ramz – vagina (ayoL jinsiy organi), bu unumdorlik va hayot yaratish kuchini ifodalaydi. Alternativ ramz – qayiq, bu turLi mavjudotLar va olamlar orasidagi o‘tishni bildiradi.
Boshqaruvchi Xudolar
Yama – o‘lim xudosi, hayot va o‘lim o‘rtasidagi o'tishni nazorat qiladi. Kali – shafqatsiz Xudoga aylangan Parvati ko‘rinishi. Bharani hayot va o‘lim, tug‘ilish va o‘lim jarayonlarini muvozanatlab, qarama- qarshi kuchlarni yuzaga chiqaradi.
Tabiat va Xarakter
Bavari sifatida cheklov va intizom bilan tavsiflanadi. Bharani ostida tavallud topgan odamlar ko‘pincha sarguzashtlarga intiladi, o‘z atrofini sinovlarda o‘tkazishni xohlaydi. Shuningdek ularning aksariyati tug‘ilish paytida ko‘pincha oyoq yoki tos bilan (ba’zan ikkalasi bilan) dunyoga kelishlari e’tiborga loyiq qiziqarli fakt hisoblanadi. Asosan bu Yulduz ostida dunyoga keladigan bolalar onasi va boshqa yaqinlariga ko‘p qiyinchiliklar beradi.

Jinsiy turi
Ushbu nakshatrani ifodalovchi hayvon fil. Fillar harakatlarida sekin va o‘zlarining his- tuyg‘ularida juda sezgir mavjudotlardir. Jinsiylikni tasvirlovchi hayvon sifatida fil jinsiy aloqada katta ishtiyoqni ramziy qiladi. Boshqa nakshatralar uchun, Revati (yana bir fil) dan tashqari, Bharanini qondirish juda qiyin. Bharani eng jinsiy nakshatra bo‘lib, uning turli shakllarida jinsiy faoliyatni ramziy qiladi. Biroq, o‘zining ekstremal ifodalari bilan Bharani jinsiy aloqadan butunlay qochishi yoki uni to‘liq o‘ziga tortishi mumkin, hatto bu jarayonda buzilishgacha yetishi mumkin.

Tana Qısmları va Ayurveda
Bosh hamda oyoqlarning pastki qismi ushbu nakshatraning boshqaruvida. Pitta (olov) konstitutsiyasiga ega, moddiy faoliyatga yo‘naltirilgan.
Bharani nakshatrasi padalari
1- chi pada (13°20'-16°40', Qo‘y, Navamsha Arslon, Quyosh boshqaruvi) Ijodkorlik va kuch bilan ajralib turadi. Ushbu pada egalarida kuchli irodalar va yetakchilik qobiliyati bor. Ular o‘z maqsadlariga erishish uchun jasorat va qat’iyat ko‘rsatadilar.
2- chi pada (16°40'-20°00', Qo‘y, Navamsha Buzoq Merkuriy-boshqaruvi) Tartib va rejalashtirishga moyil. Ushbu pada egalarida aql-zakovat va taklifLarni tizimli amalga oshirish qobiliyati mavjud. ULar amaliy va mulohazakor shaxslar.
3- chi pada (20°00'-23°20', Qo‘y, Navamsha Tarozi (Tula), Venera boshqaruvi) Uyg‘unlik va hissiyotlar bilan to‘la. Ushbu pada egalarida estetik did va madaniyatga hurmat bor. Ular nozik va san’atga moyil insonlardir.
4– chi pada (23°20'-26°40', Qo‘y, Navamsha Chayon (Vrishchik), Mars boshqaruvi) Harakat va jasorat beLgiLari. Ushbu pada egalarida kuchli energiya, intizom va qat’iyat mavjud. ULar jangovar ruh va yuqori produktivlikka ega.
Kasblar
Akusherlar,ginekooglar, tibbiyot mutaxassisari. Bolalar bog‘chalari tarbiyachilari, o‘yin-kulgi sanoatida ishllovchilar. Sudyalar, Tergovchilar, harbiylar, San’atkorlar. Okkultistlar, tantra mutaxassislari. Qishloq-xo‘jaligi, agrokimyoviy sanoat mutaxassislari.
Guna, Element va Energia
Radjastik sifatlar, Venera sayyorasi tomonidan boshqariladi.
Element: Yer. Olov elementining yerga aylangan shakli.
Energiya kuchli, portlovchi va faol.
Ezoterik ma'no
Venera – hayot va o‘lim aylanishining ramzi. Bharani ayollik va erkaklik o‘rtasidagi energiyalar muvozanatidir. Jinsiylikni va yaratuvchanlikning kuchli ifodasi.
Tovushlar va harflar
Birinchi pada, 13°20'-16°40' «Li»
Ikkinchi pada, 16°40'-20°00' «Lu»
Uchinchi pada, 20°00'-23°20' «Ley»
To‘rtinchi pada, 23°20'-26°40' «Lo»
Muntazam “Om Im” mantrasini takrorlash. Qizil, oq va qora ranglarni kiyish.
Muvozanatli, ijodiy faoliyatlarni boshlash.
Varahamihira Bharani nakshatrasi haqida shunday deydi:
Bharani nakshatrasini ostida tug'ilgan odamlar hayotlarida kurash va azoblarga to'la yo'l tutadilar. Ushbu nakshatra ijtimoiy inqilo blar hamda juda kuchli o'zgarishlarning salohiyatiga ega, lekin shu bilan birga axloqiy moslashuvchanlik yoki qattiq shafqatsizlikni ham anglatadi. Bharani odamlarida kuchli hissiy tuyg'ular, hasadgo'ylikka moyilligi, shuningdek ijodkorlik va ehtirosni ifoda etish istagi bor. Bu nakshatra tug'ilish, o'lim va qayta tug'ilish mavzulariga chuqur bog'liq bo'lib, ruhning murakkab yo'li va uning evolyutsiyasini ko'rsatadi.

3-Nakshatra (Yulduz) Krittika
Osmondagi joylashuvi
Krittika—quyosh energiyasining urug‘idir, osmon qoplamida bir-biriga yaqinlashgan yetti yorqin yulduzdan iborat mashhur guruh sifatida taqdim etiladi. Ular Pleyadalar tarqalgan yulduz to‘plamini hosil qiladi. Qadimgi vedik ko‘rishlarda bu yetti yulduzni marjon sifatida ko‘rilgan va ularning roliga galaktikada katta ahamiyat berilgan. Bu yulduzlar zamonaviy astronomiyada 27-Buzoq (Atlas), (25)-Buzoq (Altsiona), 23-Buzoq (Meropa), 17-Buzoq (Elektro), 28- Buzoq (Pleyona), 19-Buzoq (Taygeta) va 20-Buzoq (Maya) sifatida tanilgan. Altsiona bu guruhning eng yorqin yulduzi bo‘lib, ko‘rinadigan yulduz kattaligi 2.88 ni tashkil etadi. Bu yulduzlar tungi osmonlarda juda oson ko‘rinadi, chunki ular bir-biriga yaqin joylashgan. Aslida, ular tungi osmonlarda boshqa har qanday obyektdan ko‘ra ko‘proq ajralib turadi. Bu yulduzlarni tungi osmonda topish uchun, Alfa-Buzoq (Aldebaran, keyingi yulduz to‘plamiga tegishli, Rohini) yorqin yulduzining o‘ng tomonidagi hududga e’tibor qaratish kerak.

Yo‘nalishi
Qizil, oltin, sariq kabi olov ranglari tavsiya etiladi.
Gotra (kosmik nasl)
Bu nakshatra Angiras donishmandi ila bog‘liq. Uning ismi «olovli» degan ma’no anglatadi.
Ramzi
Nakshatraning asosiy ramzi bolta, qirrali yoki boshqa har qanday sovuq qurol, masalan, pichoq. Bu ramz, albatta, uning nomi bilan bog‘liq bo‘lib, kesish va kirish ma’nosini anglatadi. Barcha o‘tkir asboblar konstruktiv va destruktiv maqsadlar uchun ham ishlatilishi mumkin. Masalan, pichoq sabzavotlarni kesish uchun ham, kimgadir zarar etkazishlik uchun ishlatilishi ehtimoli mumkin. Shuningdek, Krittikaning bostirib kirishi aqliy va hissiy faoliyatning yuzaki qatlamlarini kesish uchun ishlatilishi mumkin. Boshqa tomondan, u g‘azab yoki dushmanlik tufayli zarar etkazish uchun ishlatilishi mumkin.

Krittikaning buzuvchi va konstruktiv jihatlari
Buzuvchi jihatlar universallik nuqtai nazardan konstruktivdir, ayniqsa,dushman pichoqning uchida adolatsiz yoki yovuz bolganda. Har qanday turdagi olov,Krittika uchun yana bir keng tarqalgan ramzdir. U Agni, Olov Xudosi bilan bog‘liq. To‘rg‘ay ushbu nakshatraning yana bir alternativ ramzi. O‘zgacha bezatilgan to‘rg‘ayning patlari ushbu nakshatraning erkak qismidagi jangovar tabiatiga tegishlidir va boshqaruvchisi uchun harakat vositasini ifodalaydi.
Jinsiy turi
Ushbu Nakshatradagi hayvon bu qo‘y yoki echki. Bu hayvon yetarlicha passiv mavjudot sifatida ko‘riladi. Qo‘y belgisining ramzi, agar bezovta qilinsa, agressiya va kurashga qodir.
Boshqaruvchi Xudolar
Agni Olov Xudosi, va Kartikeyya, U bizga malum qilingani bo'yicha Xudolarni osmon armiyasining qo‘mondoni, ushbu yulduzlar to‘plamining asosiy boshqaruvchisi hisoblanadi.
Xarakteri va tabiat
Krittika o‘tkir, issiq va faol energiyaga ega bo‘lib, qat’iylik, jasorat va fidoyilik bilan ajralib turadi. Bu nakshatradagi odamlar to‘g‘ri, aniqlikni qadrlovchi va maqsadlariga qat’iy yetuvchi insonlardir. Krittika bu Rajasa gunasidagi nakshatradir.
Krittika padalari
1- pada (26°40'-30°00' Qo‘y, Navamshaning o‘tishi (Sagitarius), Quyosh boshqaruvida) Jasorat va rahbarlikni ifodalaydi. Ushbu pada egalarida kuchli iroda, maqsadga qat’iyat bilan erishish, ma‘suliyat bilan yetakchilik qobiliyati mavjud.
2- pada (0°00'-3°20' Buqa, Navamsha Qo‘zi (Capricorn), Saturn boshqaruvi) Tartib-intizom va jismoniy kuch bilan ajralib turadi. Bu pada egalarida qat’iyat va mas’uliyat hissi kuchli bo‘lib, ular boylik va barqarorlikka intiladi.
3- pada (3°20'-6°40' Buqa, Navamsha Qovg‘a (Aquarius), Saturn boshqaruvi) Ta’lim va ilmga moyillik xususiyatlariga ega. Ushbu padadagi odamlar ilm-fanga qiziqishlari baland va jamiyat uchun foydali ishlar qilishga intiladi.
4- pada (6°40'-10°00' Buqa, Navamshasi Baliq (Pisces), Yupiter boshqaruvi) Hissiyot va empatiya bilan ajralib turadi. Bu padada tug‘ilganlar mehribon va chuqur ruhiy insonlardir, xalq orasida obro‘– e’tibor qozonadilar.
Kasblar
Rahbarlik, o‘qituvchilik, qo‘riqlash, harbiy xizmat, jarrohlik, oshpazlik, olov bilan bog‘liq kasblar.
Ranglar
Qizil, oltin, sariq kabi olov ranglari tavsiya etiladi.
Ezoterik ma’no
Kartikeyaning tug'ilishi bilan bog‘liq ko‘plab afsonalar mavjud. Ulardan birida Kartikeya Shivaning urug‘idan tug'ilgani aytiladi. Bu urug‘ Yerga tushgan, Shiva esa bu yerda Quyoshga va Qo‘y burjidagi erkak elementiga tenglashtiriladi, Yer esa Buzoq burjida ifodalanadi. Shuning uchun ham bu afsona ushbu energiyalarning aralashuvini ko‘rsatadi.
Krittika – Qo‘y va Buzoq burjlarini birlashtirib, Quyosh energiyasining asoschisi hisoblanadigan nakshatradir. Bu olov elementi Yer energiyasiga aylantiriladigan yaratish nuqtasidir. Pleyadalar yulduzlari Krittika bilan bog‘liq bo4ib, qadim zamonlardan buyon ibodat obyekti hisoblanadi. Bu joyda yetti ayol (Pleyadalar ichidagi yetti eng yorqin yulduz) va yetti donishmand (Katta Ayiq yulduzlarida joylashgan) mavjud. Ushbu ayollar Shivani kichik o‘g‘li Kartikeyaga g‘amxo‘rlik qilgan hisoblanadi. Kartikeya Mars (Mangala) sayyorasi himoyasida bo‘lib, Krittika Mars energiyasi bilan bog‘liq bo4ib, shu sababli o‘g‘il burjida boshlanishi va Mars boshqaruvi bilan tasdiqlanadi. Ushbu nakshatraning qolgan qismi esa Yer elementini ifodalovchi Buzoq burjida joylashganligi sababli, u yer faoliyati bilan ham bog‘liq hisoblanadi. U Shivaning qo‘shiqlarida ko‘p marotaba maqtalgan va Krittikadan ustun qo‘yilgan. Ko‘rishimizcha, Krittika va Kartikeyya nomlari umumiy ildizga ega va Krittikalar, Kartikeyya ismli bola ucun qabul qilingan onalar bo‘lganligi nazarda tutilgan. Kartikeyyaning tug‘ilishidan oldingi sharoit, Puranada aytilganidek, "Bir paytlar, Xudolar barcha hududlarini jinlarga bo‘y berib, umidsizlikka tushib, Shiva Xudosidan yordam sorashdi. Shiva o‘zining aralashishga qodir emasligini tushuntiradi, lekin ularga muammolarini hal qiladigan o‘g‘ilni yuborishga va’da beradi. "Kartikeyya qanday tug‘ilgani haqida ko‘plab turli versiyalar mavjud. Biroq, barcha matnlarda ham u Krittikalarga (Pleyada yulduzlar to‘plami) jinlardan yashirish uchun yuborilganligini tasdiqlaydi. Jinlar bu bola ularni yo‘q qilish uchun tug‘ilganini bilib qolganlarida, uni yo‘q qilish maqsadadi har joyda qidirishgan, Krittika u vaqtda hali kichik bo‘lgan va barcha ko‘zlardan yashirin tutilgan, yetti xotinlar Kartikeyyaga g‘amxo‘rlik qilganlar va u o‘smirlikka yetganda o‘z taqdiridagi missiyasini bajargan. Yani u Jin kuchlarini yo‘q qilib, osmonni qayta Xudolarga qaytargan.Pleyadalar va Yerda hayot evolyutsiyasi Ko‘plab qadimiy matnlar Pleyadalar va Yerda hayot evolyutsiyasi o‘rtasidagi to'g'ridan to‘g‘ri bog‘liqlikni ko‘rsatadi. Nakshatraning qulay qismi yer yuzidagi hayotning boqiychisi va oliy yaxshi niyatli sifatida tegishli ko‘riladi. Shuning uchun Oy Torosning birinchi 3 chi darajasida ekzaltatsiya qiLadi, bu Nakshatrani boshqaradi. Biz ushbu Nakshatraning oxirgi uch chorakLarini ayol boshLanishining manbai sifatida ko‘rishimiz mumkin, bu esa yetti ayolning simvolikasi bilan tasvirLanadi. Krittika – bu ayol hayotining shakli. Ushbu Nakshatraning biri nchi padasi eng jangovar jihatiga tegishli, bu esa Kartikeya simvolizmi bilan tasdiqlanadi.
Harflar va tovushlar
Birinchi pada 26°40'-30°00' «A»
Ikkinchi pada 00°00'-3°20' «I»
Uchinchi pada 3°20'-6°40' «U»
To‘rtinchi pada 6°40'-10°00' «E»
Kritika sanskrit alifbosida «Im», «U» va «Yu» ga mos keladi, shuning uchun uning mantra «Om im», «Om u» va «Om yu».
Varahamihira so‘zlariga ko‘ra, Krittikada Oy bo‘lsa «yorqin ko‘rinish, sevgi, turmush o‘rtog‘iga nisbatan muloyimlik, haddan tashqari istaklar va keng tarqalgan mashhurlik» beradi.

4-Nakshatra (Yulduz) Rohini

Osmondagi joylashuvi
Buzoq (10°00'– 23°20') Rohini urug‘ (don, avlod, manba) va Oy energiyasining manbai hisoblanadi. TeLeskopda juda yorqin och-qizil yulduz ko‘rinishida. Zamonaviy astronomiyada bu yulduz Aldebaran (Alpha Tauri) nomi bilan tanilgan. Aldebaran kechki osmondagi eng yorqin yulduzlardan biri bo‘lib, ko‘rinadigan yorqinligi 0,99 yulduz kattaligiga teng. Aslida, bu kechki osmondagi ko‘rish mumkin bo‘lgan yagona och-qizil yulduzdir. Qadimda ma’rifatli vedik donishmandlar bu yulduzni ibodat qilganlar, chunki u Brahma va Prajapatining makoni deb hisoblangan.

Ramzi va asosiy ma’nosi
Rohini o‘sish, farovonlik va unumdorlik ramzi hisoblanadi. Asosiy ramzi ikkita buzoq bilan tortiLgan arava, bu qishloq xo‘jaligi va barqarorlik belgisidir. Bu nakshatra Oy energiyasining manbai sifatida qabul qilinadi, shuningdek, hosildorlik va ijodkorlikning ramzidir.
Ijtimoiy mavqei
Rohini shudra kastasiga mansub bo‘lib, yer bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyat dehqonchilik, qurilish va hunarmandchilik bilan shug‘ullanuvchi odamlarni ifodalaydi. Nakshatra "yerning tuzi" bo‘lib, ekologik va moddiy dunyo bilan yaqin aloqada bo‘lganlarni bildiradi.
Xususiyatlari
Sabrli, qat’iyatli, barqaror, go‘zallikni qadrlaydigan shaxslar. Ularning tashqi ko‘rinishi odatda jozibali, qattiq iroda va ijodkorlikka ega. Rohiniga tegishli insonlar tabiatidan hayotga go‘zal muhabbat bilan qaraydilar, moddiy va badiiy narsalarga qiziqishlari yuqori bo‘ladi.
Jinsiy tabiati va temperament
Rohini ayol nakshatrasi hisoblanadi. Oy va Venera boshqaruvi tufayli yumshoq, mehribon, ayolona fazilatlar kuchli. Temperament muvozanatli, ko‘p hollarda tinch va barqaror. Rohini rajasik guna bilan tavsiflanadi. Tatva Rohini yer elementi bilan bog‘liq.
Tana qismlari va ayurvedik konstitutsiya
Peshona, bilak, oyoq. Bu, birinchi navbatda, Kapha- nakshatra, ya’ni «suvli». Bu Oy va Venera bilan aloqasi tufayli yuzaga keladi. Uchta doshadan Kapha yer elementi bilan eng yaqin bog‘langan, bu avtomatik ravishda Rohiniyani Kapha nakshatra qiladi.
Boshqaruvchi sayyoralar
Asosiy boshqaruvchi sayyora Oy, unga ona sifatida parvarish va emotsional boylik beradi. Ikkinchi boshqaruvchisi Venera – u jozibadorlik, sanat va farovonlik ramzidir. Boshqaruvchi Xudosi Brahma, – u esa yaratuvchi kuch va dunyoning boshqaruvchisi.
Guna va elementlar
Rohini rajas bilan tavsiflanadi. Unda Yer elementi ustun bo‘lib, barqarorlik va amaliyotga urg‘u beradi. Rohini manushya ganasiga mansub, insoniylik va ijtimoiy ko‘nikmalarni bildiradi.
Rohini nakshatrasi padalari
1-pada (10°00'-13°20', Qo‘y, Mars boshqaruvi ostida) Ijodkorlik va kuch bilan tavsiflanadi. Ushbu padada tug‘ilganlar rationallik, maqsad sari intilish va jasoratga ega bo‘lib, o‘z orzulariga erishishda qat’iyatli bo‘ladi.
2-pada (13°20'-16°40', Qo‘y, Venera boshqaruvi ostida) Mo‘jizakorlik va farovonlikni ifodalaydi. Bu padadagilar go‘zaUik va san’atga mehr qo‘yadi, va jamiyatda qadr-qimmatga ega bo‘lishni xohlaydi
3- pada (16°40'-20°00', Qo‘y, Merkuriy boshqaruvi ostida) Ong va muloqot qobiliyatini kuchaytiradi. Bu padasida tug‘ilganlar yaxshi muloqotchi, ijtimoiy faol va intellektual faollikka ega bo‘ladi.
4- pada (20°00'-23°20', Qo‘y, Oy boshqaruvi ostida) Hissiyot va sezgirlik kuchayadi. Ushbu padada tug‘ilganlar mehribon, romantik va kreativ bo‘lib, chuqur ruhiy qobiliyatga ega.Hayvoniy ramzi Rohini uchun hayvoniy ramz kobra yoki ilon hisoblanadi. Bu erkinlik, mo’jizakorlik va jinsiy faoliyat bilan bog‘liqdir.
Ezoterik ma’nosi
Moddiy koinot ushbu nakshtraning energiyalari ta’sirida shakllanadi. Krittika olovi yer elementiga aylantiriladi. Fizika tilida buni shunday ifodalash mumkin,– toza energiya zichlashib, natijada atomlar, molekulalar va boshqalarni hosil qiladi. Rohini Brahmanik energiyani massa (modda)ga aylantirish qobiliyatini ifodalaydi.Biz hammamiz tan olishimiz kerakki, turli darajalardagi zavq va quvonch hayot o‘yinining asosidir. Agar bu Rohini uchun to‘g‘ri bo‘lmasa, unda koinot aqliga hayot dramasi davom ettirishda qiyin bo‘lardi, chunki juda kam ruhlar buni o‘ynashni xohlagan bo’lardilar.
Rohinida tug‘ilganlarning xarakteri
Rohini nakshatrasida tug‘ilganlar juda qat’iyatli va maqsadlariga intiluvchan bo‘lib, faqat va faqat xohlagan narsalariga erishganda tinchlanadilar. Oila qadriyatlari ular uchun juda muhim bo‘lib, yaqin do‘stlar doirasiga kiradiganlarga yordam berishadi. Bu doiraga kirmaydigan Rohinida tug‘ilganlarning e’tiborini uzoq ushlab turolmaydilar, chunki ular boshqalarning zaif joylarini juda tez sezadilar. Tabiatining harakatsizligiga qaramay, ular ijtimoiy va jamoaviy o‘zaro aloqalar haqida gap ketganda atrofdagilar orasida uchishdan zavq olishadi. Pastki printsip asosida ishlagan holda, Rohini odamlarni sovuqqon va muloyim oportunistlarga aylantiradi, ular boshqalardan xayrixohlik va moliyaviy yordam olishda mohir bo‘ladilar. Odatda Rohini nakshatrada tug‘ilganlar juda konservativ, lekin shu bilan birga yangi ta’sirlarga ochiq bo‘ladilar («Konservativ» so‘zi bu yerda barcha ma’nolarda ishlatilgan). Ularning tabiatining konservativ qismi o‘z tanasini saqlashga bo‘lgan munosabatda aniq namoyon bo‘ladi. Rohini bizning hayotiy kuchlarimiz bilan mustahkam bog‘langan. Rohini kuchli bo‘lganlarning aksariyati sog‘lig‘iga ehtiyotkorlik bilan qaraydi va uzoq umr ko‘radilar. Yoshlarda Rohini o‘limdan qo'rqish va o'sish jarayonini qabul qilmaslikni keltirib chiqarishi mumkin.

Kasblar
Dehqonchilik Botanik tadqiqotlar Sanat va musiqa. Sog'liqni saqlash Savdo va moliya Dizayn va moda. Transport, neft – gaz va to'qimachilik sanoati.
Joylar
Fermerlar
Bog'lar
Plantatsiyalar
O'tlar o'sadigan joylar
Avtobus to'xtash joylari
Temir yo'l stantsiyalari
Tayyor mahsulotlarni yuklash joylari
Suv havzalari va basseynlar
Banklar va moliya muassasalari
Savdo joylari
Barlar
Restoranlar
Mehmonxonalar
Turistik kurortlar
Ijod uchun studiyalar
Qimmatbaho toshlar konlari va yuqorida sanab o'tilgan kasblar bilan bog’liq barcha joylar.
Faoliyatlar
Foydali: QishLoq xo‘jaLigi, sanoat, o‘z-o‘zini, rivojlantirish, ijodiy faoliyat.
Noqulay: chegara, haLokat, buziLish biLan bog‘Liq ishLar.
Tovushlari
Birinchi pada (10°00’-13°20’ ) – «O»
Ikkinchi pada (13°20’-16°40’ ) – «Ve»
Uchinchi pada (16°40’-20°00’ ) – «Vi»
To‘rtinchi pada (20°00’-23°20’) – «Vu»
Varahamihiraga ko‘ra, Oy Rohini nakshatrasida bo‘lgan paytda tug‘ilganlar halol, pok, go‘zall, tinch aqlga va yoqimli nutqqa ega.

5-Nakshatra (Yulduz) Mrigaşira

Osmon qoplomidagi joylashuvi
Mrigaşira 23°20’ dan Boshoq (Sigir) burji, 6°40’ gacha Egizaklar burjida joylashgan. Bu nakshatra janubi-g'arb va shimoli-g'arb yo'nalishlari oralig'ini qamrab oladi. Osmon qoplamida u Orion yulduzlar guruhida bitta yorqin va uchta kamyor yulduz sifatida namoyondir. Zamonaviy astronomiyada bu yulduzlar Pi-2 Orion, Pi-3 Orion, Pi-4 Orion va Gamma Orion (Bellatrix) nomiga ega. Eng yorqin yulduz – Bellatrix bo'lib, u Orionning yuqori o'ng burchagida joylashgan va ko'rinadigan yorqinligi 1,66 ni tashkil etadi. Qolgan uchta yulduz Bellatrixdan o'ng tarafda, kiyik boshiga o'xshash shakl hosil qiladi.

Ijtimoiy guruh (kasta)
Mrigaşira dehqonlar kastasiga tegishlidir. Qadimiy zamonLarda bu nakshatraning himoyasi ostida hunarmandlar va dehqonlar bo‘lishgan.
Nomi va ramzi
Mrigaşira «kiyik bosh» degan ma’noni anglatadi. Bu nakshatra uchun ramz kiyik bo‘lib, u quyidagi xususiyatlarga ega: uyatchanlik, yengillik, noziklik, beqarorlik, sayr va izlanishlarni yaxshi ko‘rish.
Ramayana va Mrigaşira
Vedik she’rlar Ramayana hikoyasida kiyik (aslida qayta tug‘ilgan demon) oilaviy hayotdagi barcha muammolarni keltirib chiqaradi. Shu sabablargai Mrigaşira ko‘pincha illyuziyalar, tashvishlar va tushunmovchiliklarga bog‘liq.
Nakshatraning mohiyati
Mrigaşiraning eng asosiy jihati, doimiy qidiruv va yangi narsalarni o‘rganish. U sayohatlar, o‘rganish va transportning turli turlariga bog‘liq. Mrigaşira ostida tug‘ilganlar faqat go‘zallik muhitida o‘zlarini erkin his qiladilar.
Boshqa belgilar
Bu nakshatraning yana bir ramzi Som (barkamol nektar) bilan to‘ldirilgan idish. Soma Oyning sanskritcha nomi va uning ta’siri juda kuchli.
Boshqaruvchi Xudo
Asosan Oy boshqaradi. Oyning o‘zgaruvchanlik, yumshoqlik, his-tuyg‘ularga, emotsiyalarga ochiqlik kabi xususiyatlari Mrigaşirada mujassam.
Oy va ayol energiyasi
Oy ayol energiyasi bilan bog‘Liq. Bu nakshatrani Shakti – ayol ilohiy kuchi boshqaradi. Parvati, Shiva rafiqasi, ushbu nakshatraning hukmdori sifatida ko'riladi.
Mrigashira nakshatrasi padalari
1- chi pada (23°20’-26°40’,, Buqa, Navamsha Sher, Quyosh boshqaruvi) Bu padadagi odamlar kreativ, aqliy kuchli va tanqidiy fikrlovchilardir. Ular o‘z fikrlarini aniq ifodalashga qodir. Ko‘pincha san’at, moda yoki tasviriy ishlarda faol bo‘lib, yaxshi ishbilarmon bo‘lishadi. Ularning hissiyoti sezgir va chuqur.