Полная версия
Arduino platformasi va elektron ijodkorlik. O’quv qo’llanma
4.4-rasm. Birinchi sxemada radiodetallarning joylashishi
4.5-rasm. Birinchi sxemaga detallarni ulanishi
Birinchi tajriba uchun programma:
pinMode (13, OUTPUT);
Portlarning biridan foydalanish uchun Arduinga INPUT (kirish) yoki OUTPUT (chiqish) ni e’lon qilishda pinMode () funksiyasidan foydalanamiz.
digitalWrite (13, HIGH);
Chiqish sifatida portni ishlatish uchun, unga HIGH (5 Volt), yoki LOW
(0 Volt) buyruqni berish kerak.
Arduinoda svetodiodni yoqish uchun dastur:
void setup () {
pinMode (7, OUTPUT); // 7-pinni chiqish sifatida e`lon qilish
}
void loop () {
digitalWrite (7,HIGH); //Svetodiodni yoqing
delay (1000); //1 soniya kuting
digitalWrite (7,LOW); //Svetodiodni o`chiring
delay (1000); //1 soniya kuting
}
Natijada nimani ko‘ramiz:
Arduinoga programma kodni yuklaganimizdan so‘ng yorug‘lik diodini miltilashini ko‘ramiz. Agar qurilma ishlamasa sxema va programma to‘g‘ri yuklanganligini tekshiring va xatolikni toping va yana bir ishlatib ko‘ring.
Ehtimol bo‘lgan nuqsonlar:
Yorug‘lik diodi yonmayapti?
Yorug‘lik diodi plyus va minus qutbga ega bo‘ladi, shuning uchun uni 180 gradusga o‘zgartirib ko‘ring.
Programma yuklanmayapti:
Ayrim paytda kompyuterga ulangan port noto‘g‘ri ko‘rsatilgan bo‘lishi mumkin. Bunda Servis> Posledovatelnыy port> ni ko‘ring.
Hamon ishlamayapti.
Sxema noto‘g‘ri yig‘ilgan, yorug‘lik diodi ishdan chiqqan, programma noto’g‘ri yuklangan. Barchasini tekshiring va yangidan sxemani yig‘ing. Sxema ishlaydi.
Hayotda qo‘llanilishi:
Barcha televizorlar va monitorlarda yorug‘lik diodi, ularni ulangan yoki o‘chiqligini ko‘rsatuvchi indikator sifatida foydalaniladi (4.6-rasm).
Конец ознакомительного фрагмента.
Текст предоставлен ООО «Литрес».
Прочитайте эту книгу целиком, купив полную легальную версию на Литрес.
Безопасно оплатить книгу можно банковской картой Visa, MasterCard, Maestro, со счета мобильного телефона, с платежного терминала, в салоне МТС или Связной, через PayPal, WebMoney, Яндекс.Деньги, QIWI Кошелек, бонусными картами или другим удобным Вам способом.