
Полная версия
Baxt bilan birga
Birdan eshigimiz qattiq taqillab qoldi.
— Men ochaman, — dedi otam va eshik tomon yurdi.Men bunga e’tibor ham bermadim. Ammo oradan ko‘p o‘tmay xonamning eshigi keskin ochildi.Boshimni ko‘tarsam, qarshimda otam turardi.Uning yuzi qizarib ketgan, nigohlari esa g‘azabdan yonardi
Yuragim bezovta urib ketdi.
— Bahor, sen ish qidirib yurganmiding? — dedi u qattiq ohangda.
— Ha… izlayotgandim, — dedim dovdirab.
— Nega menga aytmading?
Men indamay qoldim.
— Hozirgina qo‘shnimiz chiqib aytdi. “Bahorga restorandan ish chiqibdi”, emish. Shu rostmi?
— Ha…Otamning ovozi yanada balandlashdi.— Men sening ishlashingga aslo ruxsat bermayman! Eshitdingmi? Men hali tirikman! Seni boqishga ham, kiyintirishga ham kuchim yetadi!Bu gaplar ichimda yig‘ilib qolgan alamni uyg‘otib yubordi.Ko‘zlarimga yosh qalqdi.— Nega? — dedim titroq ovozda. — Nega ishlamasligim kerak?
— Chunki sen hali yoshsan!
— Axir bu mening hayotim-ku! — deya baqirib yubordim. — Nega mening qarorlarimga doim aralashasizlar? Nega meni hech kim tushunmaydi? Men charchadim!Bu gaplar og‘zimdan chiqqan zahoti xonada og‘ir sukunat cho‘kdi.Otam menga tikilib qoldi.Go‘yo meni birinchi marta ko‘rayotgandek edi.So‘ng birdan qattiq baqirib yubordi:
— O‘chir ovozingni, Bahor!
Bu ovozdan yuragim seskanib ketdi.
— Mening gapimni ikki qiladigan darajaga yetdingmi?!Otam bir necha qadam menga yaqinlashdi.
Men esa joyimda qotib qolgandim.Bir tomonda qizini himoya qilmoqchi bo‘lgan ota turardi.Ikkinchi tomonda esa tushunilishni istagan, qalbi yaralangan qiz.Ammo o‘sha lahzada na u meni eshita olar, na men uni tushuna olardim. O‘rtamizdagi sukut yillar davomida yig‘ilib kelgan alam va tushunmovchiliklardan qurilgan devorga aylanib ulgurgan edi.
Вкладка 12
— Mayli, oyi, yaxshi dam olinglar, — dedim ichimdagi his-tuyg‘ularni zo‘rg‘a yashirib.
Shu zahoti xonamga kirib, eshikni sekin yopdim. Yuragim hayajondan tinmay urardi. Xayolim faqat ertangi kun bilan band edi.
“Nima ish berisharkin?”“Qanday odamlar bilan ishlarkinman?”“Qo‘limdan kelarmikan?”Savollar ketma-ket xayolimga kelardi. Ammo bitta narsaga ishonchim komil edi: men ishlashim kerak. O‘z pulimni topishim, o‘zim xohlagan narsalarni sotib olishim va nihoyat mustaqil bo‘lishim kerak edi.O‘sha kecha uzoq vaqt uxlay olmadim.
Ertasi kuni maktabga odatdagidan butunlay boshqacha kayfiyatda yo‘l oldim. Anchadan beri ilk marta yuzimda tabassum bor edi. Kechagi g‘am-g‘ussalar go‘yo bir muddat bo‘lsa ham mendan uzoqlashgandek tuyulardi.Maktab hovlisiga kirishim bilan Nadzira meni ko‘rib qoldi.
U hayron bo‘lib yonimga keldi
.— Bahor, tinchlikmi? Kayfiyating juda yaxshi-ku. Biror yaxshi yangilik bo‘ldimi? — dedi u sinchkovlik bilan yuzimga qarab.
Men beixtiyor jilmaydim.
— Nega, mening kayfiyatim yaxshi bo‘lishi mumkin emasmi?
— Bo‘lishi mumkin, albatta. Shunchaki seni anchadan beri bunaqa ko‘rmagandim.
— Ishga joylashdim, — dedim faxr bilan.
— Nima? Rostdanmi?Nadziraning ko‘zlari hayratdan kattalashib ketdi.
— Ha.
— Voy, zo‘r-ku! Qanday ish ekan?
— Restoranga. To‘g‘risi, o‘zim ham hali aniq bilmayman. Bugun darsdan keyin boraman. O‘shanda hammasi ma’lum bo‘ladi.Nadzira yuzida samimiy tabassum bilan dedi:
— Xayrli bo‘lsin, Bahor. Men sen uchun juda xursandman.Bir lahza unga qarab qoldim.Negadir uning ovozida hech qanday masxara yoki kinoya yo‘q edi.Faqat samimiylik bor edi.
— Rahmat, — dedim sekin.
Darslar men kutgandan ham sekin o‘tdi.Har safar soatga qaraganimda vaqt to‘xtab qolgandek tuyulardi. Aishaning sozlariga umuman etibor bermadim.Nihoyat oxirgi qo‘ng‘iroq chalindi.Men sumkamni oldim-da, restoranga qarab yo‘l oldim.Yuragim tobora tez ura boshladi.Har bir qadamim meni yangi hayot sari olib borayotgandek edi.Restoran yaqinlashgani sari hayajonim yanada ortdi. Kaftlarim terlay boshladi. Barmoqlarim esa yengil titrardi.
“Qo‘rqma, Bahor.”“Sen buni uddalaysan.”Ichimda o‘zimga dalda berib bordim.Nihoyat restoran eshigi oldiga yetib keldim.Bir necha soniya eshik qarshisida turib qoldim.So‘ng chuqur nafas olib, eshikni ochdim.Ichkariga kirganimda atrofga qiziqib nazar tashladim. Restoran ichida yoqimli muhit hukm surardi. Xodimlar u yoqdan-bu yoqqa yurib, o‘z ishlari bilan band edi.Shu payt uzoqroqdan bir kishi menga qo‘l silkidi.Bu Umar aka edi.U meni ko‘rib kulimsiragancha yonimga keldi.
— Bahor, yaxshi keldingmi?
— Assalomu alaykum. Ha, yaxshi keldim, rahmat.
— Juda yaxshi. Xo‘sh, ishni boshlashga tayyormisan?
Yuragim yana tez urib ketdi.
— Ha, tayyorman.
Umar aka kulib qo‘ydi.
— O‘zing qanday ish qilishni xohlaysan?
Men yelka qisdim.
— To‘g‘risini aytsam, farqi yo‘q. Nima ish bo‘lsa ham qilaman.
Umar aka bir necha soniya menga qarab turdi.So‘ng jilmayib bosh irg‘adi.
— Demak, mehnatdan qo‘rqmaydigan qiz ekansan.
Men ham bosh irg‘adim.Chunki o‘sha paytda bir narsani juda yaxshi bilardim:Bu ish men uchun shunchaki pul topish imkoniyati emas edi.Bu o‘zimni isbotlash uchun berilgan birinchi imkoniyat edi.
Вкладка 13
— Mayli, unda ishni ofitsiantlikdan boshlay qolasan. Rozimisan? — dedi Umar aka dalda beruvchi tabassum bilan.
— Albatta, roziman, — dedim mamnun bo‘lib.
Bir oz ikkilanib turdim-da, ichimdagi minnatdorchilikni aytishga qaror qildim.
— Umar aka, sizga bir gap aytmoqchi edim.
— Eshitaman, qizim.
— Menga ish berganingiz uchun katta rahmat. Rostini aytsam, siz bo‘lmaganingizda bu yoshimda hech qayerdan ish topa olmasdim.
Umar aka yengil kulib qo‘ydi.
— Arzimaydi, qizim. Lekin bir narsaga qiziqyapman. Noto‘g‘ri tushunmasang, nega bu yoshingda ishlashga bunchalik qiziqib qolding? Hali maktabda o‘qiysan. Ota-onang ham bor. Bilishimcha, oilaviy sharoitinglar ham yomon emas.Bu savolni eshitishim bilan yuragimda nimadir sanchilgandek bo‘ldi.U bilmasdi.Hech kim bilmasdi.Menga shunday tuyulardiki, ota-onam meni tushunmaydi. Ular doim hayotimga aralashadi, qarorlarimni cheklaydi, meni hali ham yosh bola deb o‘ylaydi.Men esa allaqachon ulg‘ayganimga ishonardim.O‘zim pul topishni, o‘zimga kerakli narsalarni o‘zim olishni xohlardim.Lekin bularning birortasini Umar akaga aytmadim.Faqat yelka qisib qo‘ydim.
— Men ishlashni xohlayman, xolos.. O‘zimning nima qilayotganimni yaxshi bilaman.
Umar aka bir muddat menga tikilib turdi.Keyin bosh irg‘adi
— Mayli. Demak, qaroring qat’iy ekan.
— Ha.
— Unda kiyimlaringni almashtir. Keyin ishni boshlayverasan.
— Xo‘p bo‘ladi.
Umar amaki o‘z ishlari bilan ketdi.Men esa kiyim almashtirish xonasiga qarab yurarkanman, ichimda g‘alati hislarni sezardim.Negadir ba’zan menga hech kim meni yaxshi ko‘rmaydigandek tuyulardi.Go‘yo hamma meni tushunmas, hamma mendan uzoqlashayotgandek edi.Lekin o‘sha kuni bu haqda ko‘p o‘ylashni istamadim.Chunki nihoyat o‘z ishim bor edi.Bu esa men uchun juda katta voqea edi.Anchadan beri ilk marta o‘zimni foydali insondek his qilayotgandim.Yangi forma kiyib oynaga qaradim.Ko‘zgudagi qiz o‘sha eski Bahor edi.Ammo uning ko‘zlarida nimadir o‘zgargandi.U yerda umid paydo bo‘lgandi.Shu tariqa kunlar birin-ketin o‘ta boshladi.Men yangi muhitga asta-sekin moslashdim.Ishning qiyinchiliklarini ham, zavqlarini ham o‘rgandim.Ba’zan charchardim.Ba’zan xatolar qilardim.Ammo taslim bo‘lmasdim.Chunki bu ish men uchun oddiy ish emas edi.Bu o‘zimni topish yo‘lidagi ilk qadam edi.Va eng qizig‘i,otam ham bu ishimga tabiiy qaradi, hayotimda juda muhim o‘rin egallaydigan insonlar bilan ham aynan shu yerda tanishdim.Ularning ayrimlari menga kulishni o‘rgatdi.Ayrimlari esa hayotning asl ma’nosini anglashimga sabab bo‘ldi.O‘sha paytda esa men hali bilmasdim...Taqdir meni qanday uchrashuvlar va qanday sinovlar kutayotganini.
Вкладка 14
Restoranda ishlay boshlaganimga bir necha hafta bo‘lgandi. Bu vaqt ichida turli insonlarni uchratdim. Kimdir shoshilib kelardi, kimdir do‘stlari bilan kulib suhbatlashardi, yana kimdir yolg‘izlikni tanlab, bir piyola choy yoki qahva bilan xayollarga cho‘mardi.Ammo ular orasida bir yigit bor edi.U boshqalardan nimasi bilandir ajralib turardi.Avvaliga bunga unchalik e'tibor bermagandim. Lekin vaqt o‘tgan sari uning restoranga deyarli har kuni kelishini payqay boshladim. Qizig‘i, u doim bir xil paytda kelar, doim zalning eng chekkasidagi stolga o‘tirar va ko‘pincha bir piyola achchiq qahva buyurtma qilardi.Negadir uning kelishini kutadigan bo‘lib qoldim.Har safar eshik ochilib, u ichkariga kirganida yuragim allanechuk bo‘lib ketardi. O‘zim ham tushunmaydigan bir hayajon butun vujudimni qamrab olardi.Uning ma'noli nigohlari, vazmin qadam tashlashi va kamgapligi meni o‘ziga tortardi. Ko‘zlarida qandaydir sir yashiringandek tuyulardi. Ba'zan u uzoqdan menga qarab jilmayib qo‘yardi. O‘sha oddiy tabassum ham kun davomida kayfiyatimni ko‘tarib yurishga yet
hunday qilib, men sezmagan holda uning restoranga kirib kelishini kutadigan, u kelmagan kunlari esa nimadir yetishmayotgandek his qiladigan bo‘lib qolgandim.
Bir kuni u odatdagidek eshikdan kirib keldi va har doimgidek eng oxirgi stolga borib o‘tirdi...
Вкладка 15
U yigit deyarli har kuni restoranga keladigan bo‘lib qoldi. Avvaliga bunga unchalik e’tibor bermagan edim, oddiy mijozlardan biri deb o‘ylardim. Lekin vaqt o‘tgan sari uning kelishi odatga aylanib bordi. Har safar kirganida nigohim beixtiyor unga tushar, yuragimda esa tushunarsiz bir hayajon uyg‘onardi.U doim eng chekka stolga o‘tirar, sokin nigohlari bilan atrofni kuzatardi. Ko‘p gapirmasdi, lekin qarashlari juda ma’noli edi.Uni nigohlarini meni kozim bilan korganingizda edi…Ba’zan men unga xizmat ko‘rsatganimda yengilgina jilmayib qo‘yardi. O‘sha oddiy tabassum ham butun kunimni o‘zgartirib yuborar edi.
Bir kuni u odatdagidek kirib keldi. Men uning yoniga bordim.
— Assalomu alaykum, xush kelibsiz. Bugun nima buyurtma berasiz? — dedim odatdagidek.
U menga bir lahza tikilib turdi.
— Salom, Bahor... — dedi u sekin ovozda.
Ismimni aytganidan yuragim hapriqib ketdi.
— Menga faqat bir piyola kofe bering, — dedi u. So‘ng qo‘shimcha qildi: — Va sizga bir gapim bor.
Men hayron bo‘lib qaradim.U biroz sukutdan so‘ng, juda jiddiy ohangda gap boshladi:
— Men sizni anchadan beri kuzataman... To‘g‘risini aytsam, siz menga yoqasiz, Bahor.
Bu so‘zlarni eshitganimda yuragim bir zum to‘xtab qolgandek bo‘ldi.Oximni qanday tutushni bilmas edim chunki uni oldiga borganda ikki yuzim qizarib yuragim odatdagidanda tez urar edi.
— Men... — deb gap boshlamoqchi bo‘ldim, lekin tilim aylanmay qoldi.U esa davom etdi:
—Mening ismim Miran. Agar qarshi bo‘lmasangiz, bugun kechqurun soat yettida sizni shu yer oldida kutaman. Siz bilan ko‘proq gaplashmoqchiman.Shunday dedi-yu, hisobni qoldirib chiqib ketdi.Men esa qotib qolgancha o‘zimga kelolmay turardim.Shu payt yonimga Leyla keldi.Leyla men bilan birgikda ishlaydigan qiz edi.Hozircha restoranda faqat Leyla bilan yaxhsi kelisha olar edim
— Bahor, nima bo‘ldi? Nega bunaqa hayron turibsan? — dedi u.
Men hayajon bilan hamma gapni aytib berdim: uning har kuni kelishi, sevgi izhor qilgani va uchrashuvga taklif qilgani haqida.Leyla esa avvaliga jim qoldi.
Keyin uning yuzi o‘zgardi.
— Nima?! — dedi u keskin ohangda. — Sen rostdan ham bunga ishonmoqchisanmi?
— Nega ishonmasligim kerak?
— Bahor, sen juda sodda o‘ylayapsan! Bularning hammasi oddiy o‘yin bo‘lishi mumkin!Uning ovozi tobora qattiqlashib borardi.
— U seni shunchaki aldashi mumkin! Sen uni umuman tanimaysan!
Bu gaplarni eshitib, ichimda g‘alati norozilik uyg‘ondi.
— Sen doim meni qo‘rqitasan, Leyla! — dedim jahlim chiqib. — Men sendan maslahat so‘raganim yo‘q!
Leyla bir lahza jim qoldi.Ko‘zlarida ham hayrat, ham g‘azab aralash edi.
— Mayli, o‘zing bilasan, Bahor... — dedi u sovuq ohangda va ortiga o‘girilib ketdi.Men esa ichimda ikki xil his bilan qoldim.Bir tomonda — umid.Ikkinchi tomonda — shubha.Va o‘sha shubha meni kechqurungacha tinch qo‘ymadi...Leyla ham meni kuechqirungacha fikrimdan qaytarishga urundi ammo foydasiz urunishlar boldi
Вкладка 16
Kech allaqachon tushib bo‘lgan edi. Osmon qoraygan, ko‘cha chiroqlari birin-ketin yonib, atrofga xira nur sochardi. Men esa restoran oldida yolg‘iz turardim.Miranni kutyapman.U kelarmikin?Yoki bu ham shunchaki bir lahzalik so‘z bo‘lib qolarmikin? Shu o‘ylar miyamni tark etmasdi.Vaqt o‘tayotganini his qilardim. Yuragim asta-sekin siqila boshladi."Nega kelmayapti?""Men o‘zimni aldagan bo‘lsam-chi?"Shu payt ortga qaytmoqchi bo‘lib turganimda, orqamdan qadam tovushi eshitildi.Men darhol o‘g‘irildim.U edi.Miran.U sekin yaqinlashib keldi. Ko‘zlarida odatdagidan boshqacha sokinlik bor edi.
Конец ознакомительного фрагмента.
Текст предоставлен ООО «Литрес».
Прочитайте эту книгу целиком, купив полную легальную версию на Литрес.
Безопасно оплатить книгу можно банковской картой Visa, MasterCard, Maestro, со счета мобильного телефона, с платежного терминала, в салоне МТС или Связной, через PayPal, WebMoney, Яндекс.Деньги, QIWI Кошелек, бонусными картами или другим удобным Вам способом.


