bannerbanner
Rostgo‘y bola
Rostgo‘y bola

Полная версия

Rostgo‘y bola

Язык: uz
Год издания: 2023
Добавлена:
Настройки чтения
Размер шрифта
Высота строк
Поля

Ochil Tohir

Rostgo‘y bola

ODOBLI BOLA

Bobojonim, bobojon,Sizni yaxshi ko‘raman.Oldingizda doim menOdob saqlab turaman.Chaqirsangiz, labbay deb,Qarshingizga yelaman.Shirin konfetlar berib,Erkalaysiz, bilaman.Buyursangiz biron ish,Men yalqovlik qilmayman.Og‘rir boshim yoki tish,Deb bahona qilmayman.

OYPOSHSHA

– Oyi, – dedi Oyposhsha,Ushladim, mana, pashsha,Shundan fil yasab bering,Qilay men bir tomosha.– Sendan aylanay o‘zim,Bu mumkin emas, qizim,Buni eplolmas odam,Bu – onalik chin so‘zim.– Xo‘sh, unda nega har dam,Tushunmayman sira ham,Pashshadan fil yasaydi,Deydilar sizni dadam.

ARAZCHI QIZ

Buvijonim har doimBoqib menga muloyim,Ohista sochim silab,Derlar meni erkalab:– Sen asal-novvot, qizim,Ko‘nglimga quvvat qizim.Osmondagi yulduzim,Oppoq, yorug‘ kunduzim.Bog‘imda gul-g‘unchamsan,Mening shirmoy kulchamsan.Rostmi, deb buvim so‘zi,Oldimga qo‘yib ko‘zgu.Uzoq boqib turdim men,U yoq, bu yoq yurdim men.Undan uzmay ko‘zimni,Kuzatdim men o‘zimni.Buvim sanab, birma-birAytganin topmay axir,O‘pkalab men oynadan,Chiqib ketdim xonadan.

BILAG‘ON DAVRON

Qafasdagi maymungaYaqinroq borib Davron,Tikilib turar unga,Bo‘lganicha lol-hayron.Der: Boshdan-oyoq o‘zinBo‘yabdi qizil rangga.Zo‘rg‘a ilg‘aysiz ko‘zin,G‘alati-ya, qarang-a…Oyisi deydi mayin:– Boshqa maymun do‘stiniQo‘rqitay, deb atayinBo‘yagan-da o‘zini.O‘yga cho‘mdi Davronjon,Der: Tushundim so‘zingiz,Qo‘rqitay deb dadamniBo‘yarkansiz yuzingiz.

SUHBAT

– Bolam, gaplarimga quloq os,Odobsizlik qilmasang buncha.Astagina menga aytsang bas,Tiling bor-ku!Qo‘ling cho‘zguncha.– Oyi, aslo emasman tixir,Uzatishga majburman qo‘lim.Vazadagi mevaga axir,Nima qilay, yetmasa tilim?

BAYRAM QO‘SHIG‘I

Yoshlik – bu misli bahor,Atrofda gul, ranggo-rang.Quvonchdan dillar yayrar,Jo‘r bo‘lib qo‘shiq, ohang.Bu davradan zavq olib,Qalblar toshar sururdan.Do‘stlik doimo g‘olib,Ko‘ksimiz to‘lar g‘ururdan.

MASALGA NAZIRA

Baroqvoy bolasigaQilarkan pand-nasihat.It degan balosidanUzoq yurgin, der faqat.Uning bizlardan boshqaQiladigan ishi yo‘q.Doim balodir boshga,Hayt, deydigan kishi yo‘q.Rostini aytsam, bolam,It emas, xira pashsha.Itlar qavmi shu mudom,Ishi «quv-qoch» hamisha.To‘g‘risi, aynir ko‘nglim,Gar eshitsam otini.Uzun bo‘lsaydi qo‘lim,Quritardim zotini.

TULKINING SO‘ZI

Nomimdir ayyor tulki,Mug‘ombirligim shulki,Asrash uchun jonimni,To‘q tutmayman qornimni.Bilaman, hayvon borki,Bir-biridan ko‘p farqi.Biri ojiz, biri zo‘r,Biri to‘q, biri bazo‘rKun ko‘rar, bunga sabab –Yurmas holiga qarab.Ko‘rsa shudgorda quyruq,Nafs berar unga buyruq.Deyman, bo‘l o‘zdan hazir,Ammo gap qilmas ta’sir.
O‘rmon, to‘qay sultoniSherning uzundir qo‘li,Aytsam gapning dangalin,Bo‘lolmas ammo tulki.Yo‘lda ko‘p tuzoq-qopqon

Конец ознакомительного фрагмента.

Текст предоставлен ООО «ЛитРес».

Прочитайте эту книгу целиком, купив полную легальную версию на ЛитРес.

Безопасно оплатить книгу можно банковской картой Visa, MasterCard, Maestro, со счета мобильного телефона, с платежного терминала, в салоне МТС или Связной, через PayPal, WebMoney, Яндекс.Деньги, QIWI Кошелек, бонусными картами или другим удобным Вам способом.

Конец ознакомительного фрагмента
Купить и скачать всю книгу