Полная версия
Ўзбек болалар нутқи лексикасининг социопсихолингвистик тадқиқи
Mazkur monografiyada 9 oydan 16 yoshgacha bo'lgan o'zbek bolalar nutqida ijtimoiy-psixologik omillar ta'sirida namoyon bo'ladigan leksiksemantik xususiyatlar talqin qilinadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqi leksikasining ijtimoiy xoslanishi va o'quvchilar tomonidan xorijiy til lug'at tizimining o'zlashtirilishi jarayoniga oid sosiopsixolingvistik muammolar tadqiq etiladi. Bolalar kommunikativ faoliyatida kuzatiladigan nominasiya tiplari aniqlanadi. Ular perseptiv lug'atining takomillashuvida dialogik muloqotning ahamiyati yoritiladi. O'smirlar nutqiga xos sosiolekt elementlarining kichik yoshdagi bolalar leksikoniga ta'siri bilan bog'liq masalalar tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalaridan ontolingvistika, antropolingvistika, sosiolingvistika, psixolingvistika kurslari bo'yicha o'quv qo'llanma va darsliklar yozish, ota-onalar hamda pedagoglar uchun bolalar lug'at zaxirasini yangi leksik birliklar bilan boyitish orqali ularning nutqini rivojlantirishga doir amaliy tavsiyalar ishlab chiqishda foydalanish mumkin.